Shohlar to‘rtinchi kitob 17:1-41
17 Yahudo shohi Oxoz hukmronligining 12- yili, Elox o‘g‘li Ho‘sheya+ Isroil ustidan Samariyada shoh bo‘ldi va to‘qqiz yil hukmronlik qildi.
2 U Yahovaning nazarida yomon ishlar qilib yashadi, biroq uning ishlari o‘zidan oldingi Isroil shohlarinikiday yovuz emas edi.
3 Ossuriya shohi Salmanasar unga qarshi jangga chiqdi+ va Ho‘sheya uning xizmatkoriga aylanib, o‘lpon to‘lay boshladi+.
4 Ammo Ossuriya shohi, Ho‘sheya unga qarshi uyushtirilgan fitnaga aloqador ekanini bilib qoldi. Chunki Ho‘sheya Misr+ shohi So‘vaxga xabarchilar yuborgandi va Ossuriya shohiga ilgarigiday o‘lpon to‘lamay qo‘ygandi. Shu bois, Ossuriya shohi uni kishanlab, zindonga tashladi.
5 Ossuriya shohi butun yurtga bostirib kirib, Samariyani uch yil davomida qamal qildi.
6 Ho‘sheya hukmronligining to‘qqizinchi yili Ossuriya shohi Samariyani+ zabt etdi. Keyin Isroil xalqini Ossuriyaga ko‘chirib+, ularni Xalaxga, Gozan daryosi+ bo‘yidagi Xavorga va midiyaliklar shaharlariga joylashtirdi+.
7 Bularning bari, Isroil xalqi ularni Misr fir’avni qo‘lidan qutqarib, Misrdan olib chiqqan Tangrisi Yahovaga+ qarshi gunoh qilganlari uchun sodir bo‘ldi. Ular boshqa xudolarga sajda qilib+,
8 Yahova isroilliklar oldidan haydab chiqargan xalqlarga va Isroil shohlari o‘rnatgan urf-odatlarga ergashishdi.
9 Isroilliklar Xudosi Yahovaga ma’qul kelmaydigan ishlar payida bo‘lishdi. Ular barcha shaharlarda, qo‘riqchi minorasi bor yerlardan tortib, to mustahkam shaharlargacha* tepaliklar barpo etishdi+.
10 Ular har bir tepalikda va sershox daraxt tagida+ muqaddas ustunlar* hamda muqaddas toshlar*+ o‘rnatishdi.
11 Yahova ularning oldidan quvib chiqargan xalqlar singari barcha tepaliklarda qurbonlik kuydirib tutatishdi+. Ular yovuz ishlar qilishda davom etib, Yahovani ranjitishdi.
12 Yahova O‘z xalqiga: «Ularga sajda qilmanglar!»+ — deb aytganiga qaramay, ular jirkanch butlarga* sajda qilishni davom ettirishdi+.
13 Yahova Isroil va Yahudoni ogohlantirib, barcha payg‘ambarlari hamda vahiy ko‘ruvchilar orqali+ ularga: «Yovuz yo‘lingizdan qaytinglar!+ Men ota-bobolaringizga payg‘ambarlarim orqali bergan qonunimda yozilgan amrlarim va qoidalarimga rioya qilinglar»,— deb aytgan edi.
14 Ammo ular quloq solmay, Tangrisi Yahovaga ishonmagan ota-bobolari kabi o‘jarligicha qolishdi+.
15 Uning qoidalariga, ota-bobolari bilan qilgan ahdiga+ va ogohlantirish uchun bergan eslatmalariga rioya qilishdan bosh tortishdi+. Yahova ularga taqlid qilmaslikni buyurgan atrofdagi xalqlarga ergashib+, befoyda butlarga sig‘inishdi+ va o‘zlari ham yaroqsiz bo‘lib qolishdi+.
16 Ular Tangri Yahovaning amrlaridan yuz o‘girib, ikkita quyma buzoq+ va muqaddas ustun+ yasashdi. Shuningdek, samoviy jismlarga sajda qilib+, Baalga sig‘inishdi+.
17 Ular o‘g‘il-qizlarini olovda kuydirishar*+, folbinlik bilan shug‘ullanishar+, belgilarga qarab fol ochishar va Yahovaning nazarida yomon ishlarga berilib, Uni ranjitishardi.
18 Shu bois, Yahova Isroil xalqidan qattiq g‘azablanib, ko‘z oldidan ularni badarg‘a qildi+. U Yahudo qabilasidan tashqari hech kimni qoldirmadi.
19 Hatto Yahudo xalqi ham Xudosi Yahovaning amrlariga rioya etmay+, Isroil xalqining urf-odatlariga ergashdi+.
20 Yahova butun Isroil avlodlarini rad etib, ularni kamsitdi va O‘z huzuridan yo‘q qilmaguncha, bosqinchilar qo‘liga topshirdi.
21 U Isroilni Dovud xonadonidan ajratib oldi. Isroilliklar Nabat o‘g‘li Yorubomni taxtga o‘tqazishdi+. Ammo u Isroilni Yahovaning yo‘lidan og‘dirib, og‘ir gunohga botirdi.
22 Isroil xalqi Yorubomning gunohli yo‘lidan yurib, uning gunohlaridan qaytmadi+.
23 Shunda Yahova O‘z payg‘ambarlari orqali aytganiday, Isroilni ko‘z oldidan badarg‘a qildi+. Shu bois, Isroil o‘z yurtidan Ossuriyaga surgun qilindi+ va bugungacha o‘sha yerda yashab kelmoqda.
24 Keyin Ossuriya shohi Bobil, Xut, Avva, Xomat va Sefarvayim+ shaharlaridan odamlar olib kelib, isroilliklar o‘rniga ularni Samariya shaharlariga joylashtirdi. Ular Samariyaga egalik qilib, shaharlarida yashaydigan bo‘lishdi.
25 Ular u yerga endi joylashgan paytda, Yahovadan qo‘rqishmas edi*. Shu bois, Yahova ularning oldiga sherlarni yubordi+ va ular aholining bir qanchasini tilka-pora qilib tashladi.
26 Ossuriya shohiga: «Siz surgun qilib, Samariya shaharlariga joylashtirgan xalqlar bu yurt Xudosiga qanday topinish kerakligini bilishmaydi. Shu sababli, U sherlar yuboryapti va ular aholini tilka-pora qilyapti. Chunki ularning hech biri bu yurt Xudosiga qanday topinish kerakligini bilmaydi»,— deb xabar berishdi.
27 Ossuriya shohi: «O‘sha yerdan surgun qilingan ruhoniylardan birini yurtiga qaytaringlar. U kelib, bu yurt Xudosiga qanday topinish kerakligini xalqga o‘rgatsin»,— deb buyruq berdi.
28 Shu tariqa, Samariyadan surgun qilingan ruhoniylardan biri Baytilga+ qaytib keldi va ularni Yahovadan qo‘rqishga o‘rgata boshladi+.
29 Biroq har bir xalq o‘z xudolarini yasab, ularni samariyaliklar tepaliklarda bunyod etgan ibodatxonalarga qo‘yishdi. Har bir xalq yashayotgan shahrida shunday qildi.
30 Bobilliklar Suxo‘tvano‘tning, xutliklar Nargalning, xomatliklar+ Oshimaning,
31 avvaliklar Nivxaz bilan Tartoqning tasvirlarini yasashdi. Sefarvayimliklar+ o‘z o‘g‘illarini Sefarvayim xudolari Odrammalek bilan Anammalekka atab olovda kuydirishdi.
32 Garchi ular Yahovadan qo‘rqishsa-da, o‘z xalqi ichidan tepaliklarda xizmat qiladigan ruhoniylar tayinlashdi. Bu ruhoniylar tepaliklardagi ibodatxonalarda ularga xizmat qiladigan bo‘lishdi+.
33 Ular Yahovadan qo‘rqishardi, lekin surgun qilinishdan oldin yashagan yurtdagi xalqlarning urf-odatlari bo‘yicha o‘z xudolariga sig‘inishardi+.
34 Bugunga qadar ular o‘z xudolariga sig‘inib kelishyapti. Ulardan hech biri Yahovaga topinmadi va Yahovaning Isroil deb atagan+ Yoqub o‘g‘illariga bergan qoidalari, hukmlari, Qonuni va amrlariga rioya etmadi.
35 Yahova Isroil bilan ahd qilib+, ularga quyidagilarni buyurgan edi: «O‘zga xudolarga sig‘inmanglar, ularga sajda ham, xizmat ham qilmanglar, ularga atab qurbonlik ham keltirmanglar+.
36 Sizlarni buyuk qudrati va kuchli qo‘li bilan+ Misr yurtidan olib chiqqan yolg‘iz Yahovaga topininglar, Unga sajda qilib+, qurbonlik keltiringlar.
37 U sizlarga yozib bergan qoidalarga, hukmlarga+, Qonuni bilan amrlariga sidqidildan rioya qilinglar va boshqa xudolarga sig‘inmanglar.
38 Sizlar bilan qilgan ahdimni unutmanglar+, boshqa xudolarga sajda qilmanglar.
39 Yolg‘iz Xudoyingiz Yahovaga topininglar. Zero, barcha dushmanlaringiz qo‘lidan qutqaradigan Udir».
40 Ammo ular quloq solmay, o‘z xudolariga sig‘inishdi+.
41 O‘sha xalqlar Yahovadan qo‘rqishardi+, shu bilan birga, o‘zlarining o‘yma butlariga xizmat qilishardi. Ularning o‘g‘illari ham, nevaralari ham bugungi kunga qadar ota-bobolariday yo‘l tutib kelishyapti.
Izohlar
^ Ya’ni har yerda, aholisi zich va siyrak bo‘lgan yerlarda.
^ Ibroniycha bu atama, ehtimol, «go‘ng» so‘ziga yaqin bo‘lib, hazar qilishni ifodalash maqsadida qo‘llaniladi.
^ So‘zma-so‘z «olovdan o‘tkazishar».
^ Yoki «topinishmas edi».