Shohlar to‘rtinchi kitob 24:1-20
24 Yohayiqim davrida Bobil shohi Navuxodonosor*+ yurtga bostirib keldi. Yohayiqim uch yil davomida unga xizmat qildi. Keyin esa Navuxodonosorga qarshi chiqib, isyon ko‘tardi.
2 Yahova Yohayiqimga qarshi xaldeylar+, suriyaliklar, mo‘abliklar va ommonliklarning bosqinchilar to‘dasini yubora boshladi. Yahova O‘z payg‘ambarlari orqali aytgan so‘zlariga ko‘ra+, Yahudoni yo‘q qilmaguncha ularni yuboraverdi.
3 Yahovaning amri bilan bularning bari Yahudoning boshiga tushdi. Chunki U, Manashening qilgan barcha gunohlari uchun+ ularni nazaridan uzoqlashtirishga qaror qilgan edi+.
4 Manashe begunoh odamlarning qonini to‘kib+, Quddusni begunoh qonga to‘ldirgani sababli, Yahova uni kechirishni istamadi+.
5 Yohayiqimning hayoti va qilgan barcha ishlari haqida Yahudo shohlari tarixi yozilgan kitobda bayon etilgan+.
6 Yohayiqim vafot etib, ota-bobolariga qo‘shildi+. O‘rniga o‘g‘li Yohayixin taxtga o‘tirdi.
7 Misr shohi+ o‘z yurtidan tashqariga chiqmaydigan bo‘ldi, chunki Bobil shohi unga tegishli yerlarni — Misr vodiysidan*+ to Furot daryosigacha bo‘lgan yerlarni qo‘lga kiritgan edi+.
8 Yohayixin+ 18 yoshda shoh bo‘ldi va Quddusda uch oy hukmronlik qildi+. Onasining ismi Naxushta bo‘lib, qudduslik Elnatanning qizi edi.
9 U otasi singari Yahovaning nazarida yomon ishlar qilib yashadi.
10 O‘sha paytda Bobil shohi Navuxodonosorning xizmatkorlari Quddusga qarshi yurish qilib, shaharni qurshovga olishdi+.
11 Xizmatkorlari shaharni qamal qilib turishganda, Bobil shohi Navuxodonosorning o‘zi ham keldi.
12 Yahudo shohi Yohayixin onasi, xizmatkorlari, beklari va saroy amaldorlari+ bilan birgalikda Bobil+ shohining oldiga chiqdi. Bobil shohi o‘z hukmronligining sakkizinchi yili uni asir qilib oldi+.
13 U Yahovaning uyi bilan shoh saroyi g‘aznasidagi bor narsani olib ketdi+. So‘ng Isroil shohi Sulaymon Yahovaning ma’badi uchun yasattirgan hamma oltin buyumlarni+ parchalab tashladi. Bu voqea Yahova bashorat qilganidek yuz berdi.
14 Navuxodonosor Quddusning butun aholisini, hamma beklari-yu+ qudratli jangchilarini, hunarmandlarini-yu temirchilarini*+ — jami 10 000 kishini surgun qildi. Yurtda qashshoq kishilardan bo‘lak hech kimni qoldirmadi+.
15 U Yohayixinning+ o‘zini, uning onasini, xotinlarini, saroy amaldorlarini va yurtning obro‘li kishilarini Quddusdan Bobilga surgun qildi+.
16 Bobil shohi 7 000 ta jangchini, shu bilan birga, 1 000 ta hunarmand va temirchilarni* Bobilga olib ketdi. Ularning hammasi kuchli kishilar bo‘lib, jang qilish mahoratiga ega edi.
17 Bobil shohi Yohayixinning amakisi+ Mattaniyoni uning o‘rniga shoh etib tayinladi va ismini Zidqiyo+ deb o‘zgartirdi.
18 Zidqiyo 21 yoshida shoh bo‘ldi va Quddusda 11 yil hukmronlik qildi. Onasining ismi Xamutal bo‘lib+, libnalik Yeremiyoning qizi edi.
19 U Yohayiqim singari Yahovaning nazarida yomon ishlar qilib yashadi+.
20 Yahova qattiq g‘azablangani bois, Quddus bilan Yahudoning boshiga bunday kulfatlar tushdi. Oxir-oqibat Xudo ularni nazaridan uzoqlashtirdi+. Zidqiyo Bobil shohiga+ qarshi isyon ko‘tardi.
Izohlar
^ Yoki «Navuxadnazar».
^ Boshqa variant «qo‘rg‘on quruvchilarini».
^ Boshqa variant «qo‘rg‘on quruvchilarni».