Shohlar to‘rtinchi kitob 25:1-30

  • Navuxodonosor Quddusni qamal qiladi (1-7)

  • Quddus va ma’bad vayron qilinadi, qolganlar surgun qilinadi (8-21)

  • Gadaliyo hokim etib tayinlanadi (22-24)

  • Gadaliyo o‘ldiriladi; xalq Misrga qochib ketadi (25, 26)

  • Yohayixin Bobilda ozod etiladi (27-30)

25  Shoh Zidqiyo hukmronligining to‘qqizinchi yili, o‘ninchi oyning o‘ninchi kuni Bobil shohi Navuxodonosor+ butun lashkari bilan Quddusga bostirib keldi+. U shaharga qarshi qarorgoh qurib, atrofiga qamal devori barpo etdi+.  Shahar Zidqiyo boshqaruvining 11- yiliga qadar qamalda qoldi.  To‘rtinchi oyning to‘qqizinchi kuni shaharda ochlik avjiga chiqib+, yurtda odamlarga yeydigan narsa qolmadi+.  O‘sha kuni shahar devorining bir joyini buzishdi+. Shaharni xaldeylar qurshab turganiga qaramay, askarlarning bari kechasi shoh bog‘i yonidagi ikkita devor orasiga o‘rnatilgan darvoza orqali qochib ketdi. Shoh esa Araba tomonga qarab ketdi+.  Ammo xaldeylar qo‘shini shohni ta’qib qilib, Yerixo dashtlarida unga yetib oldi. Shohning askarlari bo‘lsa uni tashlab, tumtaraqay bo‘lishdi.  Xaldeylar shohni ushlab+, Rivlodagi Bobil shohi yoniga olib borishdi va unga o‘sha yerda hukm chiqarildi.  Ular Zidqiyoning o‘g‘illarini uning ko‘z oldida so‘yib o‘ldirishdi. So‘ng Navuxodonosor Zidqiyoning ko‘zlarini o‘yib oldi-da, unga mis kishanlar solib, Bobilga olib ketdi+.  Beshinchi oyning yettinchi kuni, ya’ni Bobil shohi Navuxodonosor hukmronligining 19- yili, soqchilar boshlig‘i — Bobil shohining xizmatchisi Nabizaradon+ Quddusga keldi+.  U Yahovaning uyiga+, shoh saroyiga+, Quddusdagi hamma uylarga+, shuningdek, barcha obro‘li kishilarning uylariga o‘t qo‘ydi+. 10  Soqchilar boshlig‘i bilan kelgan xaldeylarning butun lashkari Quddus atrofidagi devorlarni qulatdi+. 11  Soqchilar boshlig‘i Nabizaradon shaharda qolgan odamlarni, Bobil shohi tomonga o‘tgan qochoqlarni va yurtning qolgan aholisini asir qilib olib ketdi+. 12  Ammo soqchilar boshlig‘i uzumchilik va majburiy ishchilar sifatida dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari uchun yurtdagi ayrim qashshoq kishilarni qoldirib ketdi+. 13  Xaldeylar Yahovaning uyidagi mis ustunlarni+, Yahovaning uyidagi aravalarni+ va mis quyma hovuzni+ parchalab, hamma misni Bobilga olib ketishdi+. 14  Shuningdek, ular ma’baddagi xizmatda ishlatiladigan kul solgichlar, kuraklar, pilik o‘chirgichlar, piyolalar va barcha mis anjomlarni olib ketishdi. 15  Soqchilar boshlig‘i sof oltin bilan toza kumushdan yasalgan olovkuraklar*+ va kosalarni+ ham oldi. 16  Sulaymon Yahovaning uyi uchun yasattirgan ikkita ustun, quyma hovuz va aravalarga — bu narsalarning hammasiga behad ko‘p mis sarflagan edi+. 17  Har bir ustunning balandligi 18 tirsak*+, uning tepasidagi ustun qosh misdan yasalgan bo‘lib, balandligi uch tirsak edi. Ustun qoshning to‘r bilan bezatilgan qismi va uning atrofidagi anorlar misdan qilingan edi+. Ikkala ustun bir xil edi. 18  Bundan tashqari, soqchilar boshlig‘i bosh ruhoniy Sarayoni+, undan keyingi ruhoniy Zafaniyoni+ va uchta darvozabonni olib ketdi+. 19  Shu bilan birga u shahardan askarlar ustidan tayinlangan bitta saroy amaldorini, shohning beshta maslahatchisini, yurt aholisini qo‘shin safiga kiritadigan lashkarboshining kotibini va shahardagi 60 ta oddiy odamni olib ketdi. 20  Soqchilar boshlig‘i Nabizaradon+ ularni olib, Rivloga, Bobil shohi oldiga bordi+. 21  Bobil shohi ularni Xomat+ yurtidagi Rivloda o‘ldirdi. Shu tariqa, Yahudo xalqi o‘z yurtidan ko‘chirildi+. 22  Bobil shohi Navuxodonosor o‘zi Yahudo yurtida qoldirgan xalq+ ustidan Shofonning+ nevarasi, Oxixam+ o‘g‘li Gadaliyoni+ tayinladi. 23  Bobil shohi Gadaliyoni tayinlaganini eshitgan barcha lashkarboshilar va ularning odamlari darhol Mispaxga, Gadaliyoning oldiga kelishdi. U yerga Nataniyo o‘g‘li Ismoil, Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon, natufolik Tanxumat o‘g‘li Sarayo, maxolik kishining o‘g‘li Yazaniyo o‘z odamlari bilan kelishdi+. 24  Gadaliyo ularga va ular bilan kelgan odamlarga qasam ichib: «Xaldeylarga xizmat qilishdan qo‘rqmanglar. Bu yurtda yashab, Bobil shohiga xizmat qilinglar. Shunda hammasi yaxshi bo‘ladi»+,— dedi. 25  Yettinchi oyda shoh naslidan bo‘lgan Elishamaning nevarasi, Nataniyo o‘g‘li Ismoil+ o‘nta odami bilan Mispaxga kelib, u yerdagi Gadaliyoni va uning yonidagi yahudiylar-u xaldeylarni o‘ldirdi+. 26  So‘ngra butun xalq — yoshidan qarisigacha, jumladan, lashkarboshilar ham xaldeylardan qo‘rqib+, Misrga qochib ketdi+. 27  Yahudo shohi Yohayixin+ surgun qilinganining 37- yili 12- oyining 27- kuni Bobil ustidan Evilmarudax shoh bo‘ldi. O‘sha yili u Yahudo shohi Yohayixinni zindondan ozod qildi+. 28  U Yohayixin bilan yaxshi gaplashib, uning martabasini Bobildagi boshqa shohlarnikidan ham yuqori qo‘ydi. 29  Yohayixin zindonda kiygan kiyimlarini yechdi va umrining oxirigacha shoh dasturxonidan taom yeydigan bo‘ldi. 30  Shoh uni umr bo‘yi kundalik oziq-ovqat bilan ta’minlab turdi.

Izohlar

Bir tirsak=44,5 sm. Ilovaning B14 mavzusiga q.