Go‘zal qo‘shiq 1:1-17
1 Sulaymonning eng go‘zal qo‘shig‘i*+.
2 «O‘pgin meni lablaring bilan,Chunki sevgi izhorlaring sharobdan ham yoqimliroqdir+.
3 Moylaring hidi xushbo‘ydir+.
Isming boshga quyiladigan muattar hidli moy kabidir+.
Shuning uchun qizlar seni sevadi.
4 Meni o‘zing bilan olib ket, qochib ketaylik,
Chunki shoh meni ichki xonalariga olib kirdi.
Kel, sevinib shod bo‘laylik.
Sharobdan ham yoqimli bo‘lgan sevgi izhorlaring haqida gaplashaylik.
Qizlar seni sevishi behuda emas.
5 Ey Quddus qizlari! Men qorachadan kelgan bo‘lsam ham, go‘zalman.Men Kedar+ va Sulaymon chodirlaridayman+.
6 Qorachadan kelganim uchun menga tikilib qaramanglar,Chunki meni oftob kuydirgan.
Aka-ukalarimning mendan jahli chiqib,Meni uzumzorlarga qo‘riqchi qilib qo‘yishdi.Ammo o‘z uzumzorimni qo‘riqlay olmadim.
7 Menga ayt-chi suyukli yorim,Suruvingni qayerda boqasan+,Tush payti qayerda ularga orom berasan?
Ayt menga, tag‘in podachi do‘stlaring oldidaYuziga yopinchiq tashlab olgan* ayolday bo‘lib yurmayin».
8 «Ey go‘zallarning go‘zali, agar sen bilmasang,Podaning izidan borib,Uloqlaringni cho‘ponlarning chodirlari oldida boq».
9 «Ey sevgilim, sen fir’avn aravalariga qo‘shilgan baytal singari chiroylisan+.
10 Bezaklar ila* yonoqlaring,Marjonlar ila bo‘yning maftunkordir.
11 Biz sen uchun oltin taqinchoqlar yasab,
Ularni kumush bilan bezaymiz».
12 «Shoh dasturxon boshida o‘tirganda,Atirlarim+ muattar hidini taratar.
13 Azizim men uchun tun bo‘yi ko‘ksimda yotganXushbo‘y mirra*+ solingan xaltachaga o‘xshaydi.
14 Sevikli yorim En-Gedi+ tokzorlari orasidagiBir tutam xina guli+ kabidir».
15 «Naqadar go‘zalsan, sevgilim!
Naqadar go‘zalsan! Ko‘zlaring kabutar ko‘zlariday»+.
16 «Naqadar ko‘rkam va yoqimtoysan azizim!+
Yam-yashil maysalar bizning to‘shagimizdir.
17 Uyimizning to‘sinlari kedr daraxtlari,Chordog‘imiz to‘sinlari qora archa daraxtlaridir.
Izohlar
^ So‘zma-so‘z «qo‘shiqlar qo‘shig‘i».
^ Yoki «aza kiyimini kiygan».
^ Boshqa variant «O‘rilgan sochlaring orasidagi».