Go‘zal qo‘shiq 2:1-17
2 Men bor-yo‘g‘i sohildagi tekislikda* o‘suvchi za’faronman,Vodiylardagi lolaman»+.
2 «Tikanlar orasida lola qanday bo‘lsa,Mening sevgilim ham qizlar orasida shundaydir».
3 «O‘rmon daraxtlari orasida olma daraxti qanday bo‘lsa,Suyukli yorim ham yigitlar orasida shundaydir.
Uning soyasida o‘tirishni juda orzu qilaman.Uning mevasi men uchun totlidir.
4 U meni ziyofat uyiga olib kirdi,Meni sevishini hamma ko‘rdi.
5 Sevgi dardida kuyganim uchun,Mayiz kulchalar bilan meni kuchga to‘ldir+,Olmalar bilan menga quvvat ber.
6 Uning chap qo‘li boshim ostida,O‘ng qo‘li bilan meni quchoqlayapti+.
7 Ey Quddus qizlari,G‘izollar-u+ yovvoyi kiyiklar bilan qasam iching:
Tuyg‘ular o‘zi paydo bo‘lmaguncha menda sevgini uyg‘otmang, qo‘zg‘atmang+.
8 Azizimning ovozi eshitilyapti!
Ana, u kelyapti!Tog‘larga chiqib, qirlar osha sakrab kelyapti.
9 Suyukli yorim g‘izolday, yosh kiyikdaydir+.
U shu yerda, devor ortida turibdi,Derazadan tikilib qarayapti,Panjaradan nazar solyapti.
10 Azizim menga shunday deyapti:
“Tura qol, sevgilim,Go‘zalim, men bilan yur.
11 Mana qish* o‘tdi.
Yomg‘irlar tugab, ortda qoldi.
12 Yurtda gullar ochildi+,Butash vaqti yetib keldi+.Diyorimizda g‘urrakning g‘urillashi eshitilyapti+.
13 Anjir daraxtida ilk hosil yetildi+.Toklar gulga kirib, xushbo‘y hidini taratyapti.
Sevgilim, tur ketdik.
Go‘zalim, men bilan yur.
14 Ey, qoyada qo‘nim topgan,Tik qoya yoriqlarida yashiringan kabutarim+,O‘zingni menga ko‘rsat, ovozingni eshitay+,Chunki ovozing yoqimli, qiyofang jozibali”»+.
15 «Tokzorlarimiz gulga kirgan.Tulki bolalari tokzorlarimizni vayron qilmasligi uchun,Tulkilarni tutib beringlar».
16 «Azizim menikidir, men ham unga tegishliman+.
U lolalar ichida+ suruvini boqyapti+.
17 Salqin shamol esib turganida, soya borligida,Ey azizim, tez orqangga qayt.G‘izolday+, yosh kiyikday+ bo‘lib bizni ayirgan tog‘lardan* oshib kel.
Izohlar
^ Yoki «Sharonda».
^ Yoki «yomg‘ir mavsumi».
^ Boshqa variant «tog‘lardagi daralardan». Yoki «Beter tog‘laridan».