Go‘zal qo‘shiq 3:1-11
3 Tunlari to‘shagimda yotganimdaSevgilim haqida o‘yladim+.
Uni ko‘rishni juda istadim, lekin topolmadim+.
2 O‘rnimdan turib shahar kezdim.Ko‘chalar-u shahar maydonlaridaSevgilimni qidirdim.
Uni izladim, lekin topolmadim.
3 Qo‘riqchilar shahar kezib yurganida meni ko‘rib qolishdi+.
Men ulardan: “Suyukli yorimni ko‘rmadingizmi?” — deb so‘radim.
4 Ularning oldidan ketishim bilanoqSuyukli yorimni topdim.
Volidamning uyiga+,Meni dunyoga keltirgan onamning ichki xonasiga olib kelmagunimcha,Uni mahkam ushlab, qo‘yib yubormadim.
5 Ey Quddus qizlari,G‘izollar-u yovvoyi kiyiklar bilan qasam iching:
Tuyg‘ular o‘zi paydo bo‘lmaguncha menda sevgini uyg‘otmang, qo‘zg‘atmang»+.
6 «Sahrodan tutun ustuniga o‘xshab ko‘tarilib kelayotgan,Savdogarning xushbo‘y hidli kukunlari,Mirra va xushbo‘y smola* hidini taratib kelayotgan narsa nima ekan?»+
7 «Qaranglar, bu Sulaymonning taxtiravoni-ku!
Uning atrofida oltmishta bahodir,Isroilning qudratli jangchilari bor+.
8 Ularning hammasi qilich bilan qurollangan,Hammasi mahoratli jangchi.Har biri beliga qilichini bog‘labTunning vahimasidan asraydi».
9 «Bu, shoh Sulaymonning savlatli taxtiravoni.Uni o‘zi uchun Livan* daraxtlaridan yasattirgan+.
10 Taxtiravonning ustunlari kumushdan,Suyanchiqlari tilladan,
O‘rindig‘i qirmizi jundan.Ichini Quddus qizlariMehr ila bezatishgan».
11 «Chiqinglar, ey Sion qizlari,Shoh Sulaymonga qaranglar!To‘yi kuni,Yuragi shod bo‘lgan kuni,Onasi+ u uchun yasattirgan boshidagi nikoh tojini* ko‘ringlar».