Go‘zal qo‘shiq 4:1-16
4 «Naqadar go‘zalsan, sevgilim!
Naqadar go‘zalsan!
Yopinchiq ortida yashirilgan ko‘zlaring kabutarnikiday.
Sochlaring Gilad tog‘laridan+ yoyilib tushayotganEchki podasidaydir.
2 Juni qirqilgan, cho‘miltirilganQo‘y podasiga o‘xshar tishlaring.Har birining egizi bor,Birortasining qo‘zichog‘i yo‘qolmagan.
3 Lablaring bamisli qirmizi ip,So‘zlaring ko‘ngilga malhamdir.
Yopinchiq ortida yashirilgan yonoqlaring*Anor bo‘lakchasidaydir.
4 Bo‘yning+ toshlardan terilganDovud minorasidaydir+.Unga minglab qalqonlar osilgan.Hammasi kuchli jangchilarning dumaloq qalqonlaridir+.
5 Ko‘kraklaring lolalar orasida o‘tlab yurganBir juft kiyik bolasiday+,Egiz g‘izollardaydir».
6 «Salqin shamol esib turganida, soya borligida,Men mirra tog‘iga chiqaman,Xushbo‘y smola tepaligiga ko‘tarilaman»+.
7 «Har jihatdan go‘zalsan, sevgilim+,Senda hech qanday nuqson yo‘q.
8 Ey kelinchagim, yur ketaylik Livandan,Yur ketaylik Livandan+.
Emona* cho‘qqisidan,Sanir va Xermon cho‘qqisidan+,Sherlar makonidan, qoplonlar tog‘idan pastga tushaylik.
9 Ey sevgilim, kelinchagim, sen qalbimni asir qilding+.Qalbimni asir etding birgina ko‘zlaring nigohi ila,Bo‘yningdagi bitta munchog‘ing ila.
10 Ey sevgilim, kelinchagim, naqadar yoqimli sevgi izhorlaring!+
Sevgi izhorlaring sharobdan+,Atiring isi har qanday xushbo‘y hiddan*+ yoqimliroq!
11 Ey kelinchagim, lablaringdan bol tomar+.
Tiling tagida asal va sut bor+,Kiyimlaring ifori Livan o‘rmonining hidiga o‘xshar.
12 Sevgilim — kelinchagim qulflangan bog‘ga,Devor bilan o‘ralgan bog‘ga, yopib qo‘yilgan buloqga o‘xshar.
13 Shoxlaring* anor o‘sadigan jannat bog‘idir.Unda sara mevalar, xina-yu xushbo‘y sunbullar,
14 Xushbo‘y sunbul+, za’faron, muattar hidli qamish+, dolchin+,Xushbo‘y smola olinadigan turli xil daraxtlar, mirra, aloe+Hamda sara xushbo‘y o‘simliklar bor+.
15 Sen bog‘dagi buloq, toza suv qudug‘isan,Livandan oqib tushayotgan jilg‘asan+.
16 Uyg‘on, ey shimol shamoli;Kel, ey janub shamoli.
Esgin mening bog‘imga.
Toki taralsin uning ifori».
«Azizim o‘z bog‘iga kirib,Sara mevalaridan yesin».