Go‘zal qo‘shiq 8:1-14
-
Qiz (1-4)
-
«Akam bo‘lganingda edi!» (1)
-
-
Qizning akalari (5a)
-
«Suyukli yoriga suyanib... kelayotgan kim ekan?»
-
-
Qiz (5b-7)
-
«Muhabbat o‘lim kabi qudratli» (6)
-
-
Qizning akalari (8, 9)
-
«Agar u devor bo‘lsa... mabodo u eshik bo‘lsa...» (9)
-
-
Qiz (10-12)
-
«Men devorman» (10)
-
-
Cho‘pon (13)
-
«Men ham uni eshitay»
-
-
Qiz (14)
-
«Chaqqon g‘izolday... bo‘l»
-
8 Koshki sen onam emizibVoyaga yetkazgan akam bo‘lganingda edi!
Seni ko‘chada ko‘rib o‘psam ham+,Hech kim mendan hazar qilmasdi.
2 Men seni boshlab borardim,Menga ta’lim berganVolidamning uyiga+ olib borardim.
Senga ichgani xushbo‘y sharobdan,Yangi siqilgan anor sharbatidan berardim.
3 Uning chap qo‘li boshim ostida bo‘lardi,O‘ng qo‘li bilan meni quchoqlardi+.
4 Ey Quddus qizlari, qasam iching:
Tuyg‘ular o‘zi paydo bo‘lmaguncha menda sevgini uyg‘otmang, qo‘zg‘atmang»+.
5 «Suyukli yoriga suyanibSahrodan kelayotgan kim ekan?»
«Olma daraxti tagida uxlayotganingda seni uyg‘otdim.
Shu yerda volidangni to‘lg‘oq tutgan edi.
Shu yerda u dard ichida seni tuqqan edi.
6 Meni yuragingga muhr qilib qo‘ygin,Meni qo‘lingga muhr qilib bos,Chunki muhabbat o‘lim kabi qudratli+,Sadoqat mozorday* chekinmasdir.
Uning otashi lovullab yonayotgan olov, Yahning* alangasidir+.
7 Jo‘shqin suvlar muhabbatni so‘ndira olmas+,Hatto daryolar uni yuvib ketolmas+.
Agar kishi sevgi uchun bor mol-davlatini bersa ham,Uni* nafrat bilan rad etishadi».
8 «Bizning bir singlimiz bor+,U hali voyaga yetmagan*.
Singlimizga sovchilar kelganidaBiz nima qilamiz?»
9 «Agar u devor bo‘lsa,Ustiga kumushdan dandana quramiz,Mabodo u eshik bo‘lsa,Kedr yog‘ochi bilan to‘sib qo‘yamiz».
10 «Men devorman,Ko‘kraklarim esa minoraday.
Shuning uchun uning nazaridaKo‘ngli xotirjam qizman.
11 Baal-Homonda Sulaymonning uzumzori bor+.
U uzumzorini bog‘bonlarga ishonib topshirdi.
Bog‘ mevasi uchun ularning har biri ming shekel kumush berardi.
12 Mening uzumzorim o‘z ixtiyorimda.
Ey Sulaymon, ming shekel kumush sizniki,Ikki yuzi esa bog‘bonlarniki».
13 «Ey, bog‘larda yashovchi qiz+,Do‘stlar ovozingni tinglashga mushtoq.
Men ham uni eshitay»+.
14 «Shoshil, sevgilim,Xushbo‘y giyohlar o‘sadigan tog‘lardaChaqqon g‘izolday+,Yosh kiyikday bo‘l».
Izohlar
^ Yahova degan ismning qisqacha shakli.
^ Boylik nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
^ Yoki «Uning ko‘kraklari hali to‘lishmagan».