Ho‘sheya 1:1-11
1 Yahudo shohlari+ Uzziyo+, Yo‘tom+, Oxoz+, Hizqiyo+ va Isroil shohi Yo‘shning+ o‘g‘li Yorubom+ davrida Beri o‘g‘li Ho‘sheyaga* Yahovaning so‘zi ayon bo‘ldi.
2 Yahova Ho‘sheya orqali xalqga gapira boshladi. Yahova unga: «Borib, bir ayolga uylan. U ayol zino qilib, senga farzandlar tug‘ib beradi. Chunki bu yurt aholisi zino tufayli Yahovadan batamom yuz o‘girdi»+,— dedi.
3 Ho‘sheya borib, Diblayim qizi Go‘meraga uylandi. U homilador bo‘lib, unga o‘g‘il tug‘ib berdi.
4 Yahova Ho‘sheyaga shunday dedi: «Uning ismini Yizril* deb qo‘y. Boisi, yaqinda Men Yizrilning xunrezligi tufayli Yohu+ xonadonini javobgarlikka tortaman. Isroil xonadonining hukmronligiga chek qo‘yaman+.
5 O‘sha kuni Yizril vodiysida Isroilning kamonini sindiraman».
6 U yana homilador bo‘lib qiz tug‘di. Xudo Ho‘sheyaga quyidagicha dedi: «Unga Lo‘ruxamo* degan ism ber, chunki Men Isroil xonadoniga ortiq rahm-shafqat ko‘rsatmayman+, ularni haydab yuboraman+.
7 Yahudo+ xonadoniga esa rahm-shafqat ko‘rsataman, ularni Men, Tangrisi Yahova xalos etaman+. Ularni qutqarish uchun kamon ham, qilich ham, jang ham, otlar va suvorilarni ham qo‘llamayman»+.
8 Go‘mera Lo‘ruxamoni sutdan chiqargach, yana homilador bo‘ldi va o‘g‘il tug‘di.
9 Xudo shunday dedi: «Unga Lo‘ami* degan ism qo‘y, chunki sizlar Mening xalqim emassizlar, Men sizlarning Tangringiz emasman.
10 Lekin Isroil xalqi dengiz sohilidagi qumday ko‘payib ketadi, uni na o‘lchab, na hisoblab bo‘ladi+. “Mening xalqim emassizlar”+,— deb aytilgan joyda ularga: “Barhayot Xudoning o‘g‘illari”+,— deyiladi.
11 Yahudo va Isroil xalqlari birlashib yig‘iladi+. Ular o‘zlari uchun bir yo‘lboshchi tanlab, u yurtdan chiqib ketishadi. O‘sha kun Yizril uchun ulug‘ bir kun bo‘ladi+.
Izohlar
^ Ho‘shayyo degan ismning qisqartmasi. Ma’nosi «Yah tomonidan qutqarilgan; Yah xalos etdi».
^ Ma’nosi «Xudo urug‘ sepadi».
^ Ma’nosi «rahm-shafqat ko‘rsatilmagan».
^ Ma’nosi «Mening xalqim emas».