Ho‘sheya 10:1-15
10 «Isroil aynib* borayotgan tok kabidir+,
Mevasi ko‘paygani sayin, qurbongohlarini orttirmoqda+,Yurti ravnaq topgani sari, muqaddas ustunlariga zeb bermoqda+.
2 Ularning qalbi riyokordir,Endi ular aybdor deb topiladi.
Qurbongohlarini vayron qilib, ustunlarini qulatadigan kimsa bor.
3 Ular: “Yahovadan qo‘rqmaganimiz bois, shohimiz yo‘q+.
Bo‘lganda ham, biz uchun nima ham qila olardi?” — demoqda.
4 Ular puch so‘zlarni gapirib, soxta qasamlar ichmoqda+, ahd qilmoqda.Shu bois, adolatsizlik haydalgan daladagi zaharli o‘t kabi o‘sib ketgan+.
5 Samariya ahli Bayt-Obundagi buzoq buti uchun qo‘rquvga tushadi+,
But va uning shuhratidan quvongan kohinlari ham,Uning xalqi ham uni deb motam tutadi,Chunki u surgun qilinadi.
6 U Ossuriyaga olib ketilib, buyuk shohga tortiq etiladi+.
Efrayim isnodga qoladi,Isroil amal qilgan maslahati uchun sharmanda bo‘ladi+.
7 Samariya bilan uning shohiSuv betidagi novdaday g‘oyib bo‘ladi+.
8 Bayt-Obunning tepaliklari+ — Isroilning gunohi+ yo‘q qilinadi+.
Ularning qurbongohlarini+ tikanu yantoq qoplaydi.
Shunda xalq tog‘larga: “Bizni bosib qolinglar!”
Tepaliklarga: “Ustimizga qulanglar!”+ — deb aytadi.
9 Ey Isroil, Givo kunlaridan buyon gunoh qilib kelyapsan+.
O‘shandan beri hech o‘zgarmading.
Givodagi jang adolatsizlik o‘g‘illarini butunlayin yo‘q qilmadi.
10 Istagan paytimda ularni tarbiyalayman.
Bo‘yinlariga ikkita qilmishining bo‘yinturug‘i solinganda*,Xalqlar ularga qarshi to‘planadi.
11 Efrayim o‘rgatilgan, yanchishni yaxshi ko‘radigan g‘unajin edi,Shu bois, uning go‘zal bo‘ynini ehtiyot qildim.
Endi bo‘lsa biror kimsani Efrayim ustiga mindiraman*+.
Yahudo shudgor qiladi, Yoqub mola bosadi.
12 O‘zingiz uchun adolat urug‘ini ekib, mehr-sadoqatni o‘rib oling.
Men, Yahovani, izlashga hali vaqt borida+,Men kelib odillikka o‘rgatgunimga qadar+,O‘zingiz uchun haydalgan yerlar tayyorlang+.
13 Ammo sizlar yovuzlikni ekib,Adolatsizlikni o‘rib oldingiz+,Yolg‘onning mevasini yedingiz.Zero, sizlar o‘z yo‘llaringizga,Behisob jangchilaringizga tayandingiz.
14 Shalman Arbel xonadonini vayron qilib,Jang kunida onalar farzandlari bilan birga tilka-pora qilinganiday,Xalqingizga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilib,Mustahkam shaharlaringiz xarob bo‘ladi+.
15 Ey, Baytil ahli, o‘taketgan yovuzligingiz uchun bunga duchor bo‘lasiz+.
Erta tongda Isroil shohi yo‘q qilinadi»+.
Izohlar
^ Boshqa variant «gurkirab».
^ Ya’ni jazolarini bo‘yinturuq kabi ko‘targanda.
^ Yoki «qo‘shga qo‘shaman».