Ho‘sheya 11:1-12
11 «Isroil bolaligida Men uni sevardim+,O‘g‘limni Misrdan chaqirib olgan edim+.
2 Ular* Isroilni chaqirgani sayin,U tobora uzoqlashaverdi+.
Baalning tasvirlariga qurbonliklar keltirib+,O‘yma butlarga qurbonliklar taqdim etdi+.
3 Efrayimni quchog‘imga olib+, yurishga o‘rgatgan Men edim+,U bo‘lsa unga shifo bergan Men ekanimni tushunmadi.
4 Uni mehribonlik va sevgi ila* yetaklagan edim+,Bo‘ynidan bo‘yinturug‘ini olib tashlab,
Har birini mehr bilan oziqlantirgan edim.
5 Ular Misrga qaytmaydi, ammo ularning shohi Ossuriya bo‘ladi+.Sababi, ular Menga qaytishdan bosh tortdi+.
6 Uning shaharlari bo‘ylab qilich oralab+,Surma zulfinlarini sindiradi, fitnalari dastidan ularni qirg‘in qiladi+.
7 Xalqim Menga xiyonat qilishga moyildir+,
Ular yuqoriga* da’vat etilsa-da, hech biri ko‘tarilmadi.
8 Ey Efrayim, sendan qanday voz kechaman?+
Ey Isroil, seni qanday qilib yov qo‘liga topshiraman?
Qay yo‘sin seni Admaning ko‘yiga solaman?
Qanday qilib seni Zavo‘yimning holiga tushiraman?+
Qalbimdagi niyatim o‘zgarib,Mehr-shafqatim uyg‘ondi+.
9 Otashin g‘azabimni sochmayman,
Efrayimni boshqa xarob qilmayman+.Axir Men inson emas, Xudoman,Orangizdagi Muqaddas Zotman.Sizlarga qarshi qahr-g‘azab ila kelmayman.
10 Ular Yahovaning ortidan ergashadi, U sher kabi bo‘kiradi+,Bo‘kirganida, o‘g‘illari titragancha g‘arbdan keladi+.
11 Ular Misrdan qushday titrab,Ossuriyadan kaptarday qaltirab keladi+.Men ularni o‘z uylariga joylashtiraman»,— demoqda Yahova+.
12 «Efrayim Meni yolg‘on bilan,Isroil uydirma gaplar bilan chulg‘ab oldi+.
Yahudo esa hamon Alloh bilan yurmoqda,Eng Muqaddas Zotga u sodiqdir»+.
Izohlar
^ Ya’ni Isroilga ta’lim berish uchun yuborilgan payg‘ambarlar va boshqa kishilar.
^ So‘zma-so‘z «inson tasmalari, sevgi rishtalari ila». Ehtimol, ota-ona bolasini yurishga o‘rgatishda qo‘llaydigan tasma nazarda tutilgan.
^ Ya’ni yuksak topinish.