Ho‘sheya 12:1-14

  • Efrayim Xudoga qaytishi kerak (1-14)

    • Yoqub Xudo bilan kurashdi (3)

    • Yoqub Allohdan iltifot so‘rab yolvordi (4)

12  «Efrayim shamol bilan oziqlanadi, Kun bo‘yi sharq shamoli ortidan quvadi. Yolg‘onu zo‘ravonlikni ko‘paytiradi. Ossuriya bilan ahd qilib+, Misrga+ moy tashiydi.   Yahova Yahudo bilan hisob-kitob qiladi+,Yurgan yo‘llari uchun Yoqubni javobgarlikka tortadi,Qilgan ishiga yarasha jazosini beradi+.   Yoqub onasining qornida akasining tovonidan ushladi+,Ulg‘aygach esa kuchi boricha Xudo bilan kurashdi+.   U farishta bilan kurashib, uni yengdi, Ko‘z yoshlar ila undan iltifot so‘rab yolvordi»+. Alloh uni Baytilda topib, u yerda biz haqimizda gapirdi+.   Yahova — Qo‘shinlar Sarvaridir+,Yahova — Uning unutilmas ismidir*+.   «Shunday ekan, Tangring oldiga qayt+,Mehr-sadoqat va adolatdan ayrilma+.Doim Allohingga umid bog‘la.   Biroq savdogarning qo‘lida yolg‘on tarozi,U aldashni yaxshi ko‘radi+.   Efrayim: “Men boyib ketdim+,Mol-dunyoga ega bo‘ldim+. Chekkan zahmatimda ular biron xato yo ayb topa olmaydi”,— deb yuribdi.   Ammo Men Misrda bo‘lgan chog‘ingdan buyon Tangring Yahovaman+. Belgilangan vaqtda* bo‘lgani kabi,Men seni yana chodirlarda yashattiraman. 10  Men payg‘ambarlarga gapirib+,Ularga ko‘p vahiylar berdim,Payg‘ambarlar orqali masallar aytdim. 11  Giladda firibgarlik va yolg‘on o‘rnashgan+, Gilgalda ular buqalarni qurbonlikka keltirmoqda+,Ularning qurbongohlari haydalgan daladagi tosh uyumlariga o‘xshaydi+. 12  Yoqub Orom*+ o‘lkasiga qochib ketdi,Isroil+ xotini uchun xizmat qildi+,U xotini uchun qo‘y boqdi+. 13  Yahova payg‘ambar yuborib Isroilni Misrdan olib chiqdi+,Payg‘ambar orqali ularni himoyaladi+. 14  Efrayim Xudoni ranjitdi+,To‘kkan qoni o‘z gardanidadir,Isnod keltirgani uchun Rabbi uni jazolaydi»+.

Izohlar

Yoki «U shu ism ila esda saqlanadi».
Boshqa variant «Bayramda».
Yoki «Suriya».