Ho‘sheya 13:1-16
13 «Efrayim so‘zlaganda, odamlar titrardi,U Isroilda obro‘ orttirgan edi+.
Ammo Baalga sajda qilgani+ uchun gunohga botib o‘ldi.
2 Hozir ular gunohlarini orttirib,Kumushdan+ quyma butlar* yasamoqda,Ustaning bor hunarini ishga solib, mohirlik ila butlar yasamoqda.
So‘ng ularga qarata: “Qurbonlik keltirayotganlar buzoqlarni o‘psin”+,— demoqda.
3 Shu bois, ular tonggi bulutday,Tezda yo‘q bo‘lib ketadigan shudringday,Bo‘ron xirmondan uchirib ketadigan somonday,Mo‘ridan chiqadigan tutunday g‘oyib bo‘ladi.
4 Ammo Men Misrda bo‘lgan chog‘ingdan buyon Tangring Yahovaman+.Sen Mendan boshqa Xudo,Mendan bo‘lak xaloskor yo‘qligini bilar eding+.
5 Sahroda, qaqragan yerda senga g‘amxo‘rlik qilgan edim+.
6 Ular o‘z yaylovlarida to‘ydi+,Qorinlari to‘ygach, mag‘rurlanib ketdi.
Shu sababli Meni unutdi+.
7 Men ular uchun yosh sherday+,Yo‘lda poylab yotgan qoplonday bo‘laman.
8 Bolalaridan ayrilgan ayiq kabi ro‘parasidan chiqib,Ularning ko‘ksini yoraman.
Ularni sherday yamlamay yutaman,Yirtqich hayvonday tilka-pora qilaman.
9 Ey Isroil, sen xarob bo‘lasan,Chunki sen Menga, o‘z madadkoringga qarshi chiqding.
10 Barcha shaharlaringda seni qutqaradigan shohing qani?+“Menga shoh va beklar ber”,— deb,So‘rab olgan hakamlaring qani?+
11 Qahrim kelib senga shoh bergan edim+,Endi g‘azabga minib uni tortib olaman+.
12 Efrayimning qilmishi o‘rab qo‘yilgan*,Gunohi saqlab qo‘yilgan.
13 Uni to‘lg‘oq azobi tutadi.
Ammo u aqlsiz farzanddir,Tug‘ilish vaqti yetganda chiqishni istamaydi.
14 Mozor* changalidan ularni qutqaraman,O‘limdan ularni qaytarib olaman+.
Ey o‘lim, nishing qayerda?+
Ey go‘r, halokatli kuching qayerda?+
Endi Men rahm-shafqat ko‘rsatmayman.
15 U qamishlar orasida gurkirab ketsa-da,Sharq shamoli, Yahovaning shamoliSahrodan esib, qudug‘-u bulog‘ini quritib yuboradi.
Xazinasidagi qimmatbaho narsalari talon-toroj qilinadi+.
16 Samariya o‘z Tangrisiga qarshi chiqqani uchun+ aybdor deb topiladi+.
Ular qilichdan o‘tkazilib+,Bolalari tilka-pora qilinadi,Homilador ayollarining qorinlari yorib tashlanadi».