Ho‘sheya 14:1-9
14 «Ey Isroil, Tangring Yahovaga qayt+,Boisi, qilmishing dastidan qoqinding.
2 Quyidagi so‘zlar ila Yahovaga qayt:“Qilmishimizni afv etib+, yaxshi narsalarni qabul ayla,Biz esa olqishlovchi so‘zlarni yosh buqalarni qurbon qilganday Senga taqdim etamiz+.
3 Ossuriya bizni qutqarmaydi+.
Biz ot minib yurmaymiz+,O‘z qo‘llarimiz bilan yasagan narsaga: “Ey Tangrimiz!” — demaymiz.Zero, yetimga rahm-shafqat ko‘rsatadigan Sensan”+.
4 Men ularni bevafolikdan davolayman+.
Ularni chin ko‘ngildan* sevaman+,Chunki ularga bo‘lgan g‘azabim bosildi+.
5 Men Isroil uchun shudringday bo‘laman.U lola kabi ochiladi,Livan* daraxtiday tomir yoyadi.
6 Novdalari quloch yozadi,Savlati zaytun daraxtiday bo‘ladi,Livan daraxtiday muattar hid taratadi.
7 Ular yana Mening soyamda yashaydi.
Bug‘doy yetishtirib, tok singari gullab-yashnaydi+.
Mening shuhratim Livan sharobi kabi bo‘ladi.
8 Efrayim: “Butlardan menga ne foyda?” — deydi+.
Men unga javob berib, g‘amxo‘rlik qilaman+.
Qora archa daraxtiday bo‘laman.
Senga mevani Men beraman».
9 Kim dono bo‘lsa, bu narsalarni tushunsin.
Kim aqlli bo‘lsa, bularni bilib olsin.
Sababi, Yahovaning yo‘llari to‘g‘ridir+,Odillar bu yo‘llardan yuradi,Qonunbuzarlar esa qoqinadi.