Ho‘sheya 2:1-23

  • Sadoqatsiz Isroil jazolanadi (1-13)

  • Yahova xalqini qabul qiladi (14-23)

    • «Sen Meni: “Erim”,— deysan» (16)

2  Aka-ukalaringizga: “Mening xalqim”*+, Opa-singillaringizga: “Rahm qilingan ayollar”*+,— denglar.   Onangizni ayblang, uni ayblanglar,Chunki u Mening xotinim emas+, Men uning eri emasman. U fohishalikni bas qilsin,Ko‘kraklari orasidagi zinoni to‘xtatsin.   Yo‘qsa, uni onadan tug‘ilgan kuniday yalang‘och qilib qo‘yaman.Uni sahroga,Qaqragan yerga aylantiraman,Uni tashnalikdan halok qilaman.   O‘g‘illariga rahm-shafqat ko‘rsatmayman,Chunki ular zinodan tug‘ilgan bolalardir.   Ularning onasi fohishalik qildi+. Ularga homilador bo‘lganda, u sharmandalarcha+:“Menga nonu suvimni,Junu zig‘ir liboslarimni, moyu sharobimni beradiganEhtirosli o‘ynashlarim ortidan boraman”+,— dedi.   Shu bois, uning yo‘lini tikanlar bilan to‘saman,O‘z yo‘llarini topa olmasligi uchun,Oldida tosh devor barpo etaman.   U ehtirosli o‘ynashlari ketidan quvadi, ammo yetolmaydi+.Ularni izlaydi, lekin topolmaydi. Shunda u: “Birinchi erimga qaytaman+,Hozirgiga qaraganda menga o‘shanda yaxshiroq edi”+,— deydi.   Unga don, yangi sharob va moyni,Baalga sajda qilganda qo‘llagan kumush-u oltinni+ Men unga mo‘l qilib berdim.Biroq u buni tushunmadi+.   Endi Men boshqacha yo‘l tutaman, o‘rim-yig‘im paytida donni,Sharob tayyor bo‘lganda yangi sharobni+,Yalang‘och badanini yopib turgan jun va zig‘ir libosni tortib olaman. 10  Ehtirosli o‘ynashlarining ko‘z oldida jinsiy a’zolarini ochaman,Hech kim uni qo‘limdan qutqara olmaydi+. 11  Men uning quvonchiga chek qo‘yaman,Bayramlari+, Shabbatlari, yangi oy va mavsumiy bayramlarini to‘xtataman. 12  “Bu, ehtirosli o‘ynashlarim menga bergan haq”,— degan toklarini, Anjir daraxtlarini yo‘q qilib,Ularni o‘rmonga aylantiraman,Yovvoyi hayvonlar ularni yeb bitiradi. 13  Baal tasvirlariga atab qurbonliklar keltirgani uchun uni javobgarlikka tortaman+.O‘shanda u uzuklari-yu taqinchoqlarini taqib, ehtirosli o‘ynashlariga ergashdi,Meni esa unutdi+,— deb aytmoqda Yahova. 14  Shu bois, uni ko‘ndirib,Sahroga boshlab boraman-da,Qalbini zabt etish uchun gapiraman. 15  O‘shanda Men unga uzumzorlarini+,Oxor vodiysini+ umid ostonasi kabi qaytaraman.O‘sha yerda u yoshlik davridagiday,Misrdan chiqqan paytdagiday Menga javob beradi+. 16  O‘sha kuni,— demoqda Yahova,—Sen Meni ortiq “Xo‘jayinim*”, emas “Erim”, deb chaqirasan. 17  Baal tasvirlarining nomlarini tilga olishiga yo‘l qo‘ymayman+.Ularning ismlari bundan buyon esga olinmaydi+. 18  O‘sha kuni O‘z xalqim uchun dashtdagi yovvoyi hayvonlar+,Ko‘kdagi qushlar, o‘rmalab yuruvchilar bilan ahd qilaman+.Yurtni kamonu qilichdan, jangdan xalos etaman+,Ularga tinch-osoyishta hayot ato etaman+. 19  Toabad Meniki bo‘lishing uchun seni O‘zimga unashtiraman.Adolat va haqqoniyat, mehr-sadoqat va rahm-shafqat ila+Seni O‘zimga unashtiraman. 20  Men seni sadoqat ila O‘zimga unashtiraman.Shunda Meni, Yahovani tanib-bilasan+. 21  O‘sha kuni Men javob beraman,— demoqda Yahova,—Men osmonning so‘raganini beraman,Osmon esa yerning so‘raganini beradi+. 22  Yer donning, yangi sharob va moyning so‘raganini beradi.Ular bo‘lsa Yizrilning so‘raganini beradi+. 23  Men uni O‘zim uchun yerga urug‘ sepganday sepaman+,Rahm-shafqat ko‘rsatilmaganga* rahm-shafqat ko‘rsataman.O‘z xalqim bo‘lmaganga*: “Mening xalqim”+,— deyman. Ular esa: “Sen Tangrimizsan”+,— deb aytadi».

Izohlar

Hsh 1:9 dagi izohga q.
Hsh 1:6 dagi izohga q.
Yoki «Baalim».
Hsh 1:6 dagi izohga q.
Hsh 1:9 dagi izohga q.