Ho‘sheya 3:1-5

  • Ho‘sheya xiyonatkor xotinini qaytarib oladi (1-3)

  • Isroil Yahovaga qaytadi (4, 5)

3  Shunda Yahova menga: «Isroil xalqi boshqa xudolarga yuz burib+, mayiz kulchalarni* yaxshi ko‘rsa ham, Yahova ularni sevganiday+, sen ham qaytadan borib, boshqa erkak sevgan va zino qilib yurgan o‘sha ayolga ko‘ngil qo‘y»+,— dedi.  Men uni 15 shekel kumush va bir yarim xo‘mr* arpaga sotib oldim.  So‘ng unga: «Sen uzoq vaqt davomida meniki bo‘lasan. Fohishalik qilma, boshqa erkakka yaqinlashma. Men ham senga yaqinlashmayman»,— dedim.  Chunki Isroil xalqi uzoq vaqt davomida shohsiz,+ beksiz, qurbonliksiz, muqaddas ustunsiz*, efodsiz+ va xonaki butlarsiz*+ yashaydi.  Bundan keyin Isroil xalqi qaytib, Tangrisi Yahovani va shohi Dovudni izlaydi+. Oxirgi kunlarda ular Yahovaning himmatini ko‘rish uchun, qattiq qo‘rquvda Uning oldiga kelishadi+.

Izohlar

Ya’ni soxta sig‘inishda qo‘llanilgan kulchalar.
Bir xo‘mr=220 l. Ilovaning B14 mavzusiga q.
So‘zma-so‘z «terafimlarsiz». Lug‘atga q.