Ho‘sheya 4:1-19

  • Yahovaning Isroilga qarshi da’vosi (1-8)

    • Yurtda Xudo to‘g‘risida bilim yo‘q (1)

  • Isroilning butparastligi va buzuqligi (9-19)

    • «Buzuqlik ruhi ularni yo‘ldan ozdiradi» (12)

4  Ey, Isroil xalqi, Yahovaning so‘zini tingla,Yahovaning bu yurt aholisiga qarshi da’vosi bor+.Chunki bu yerda na haqiqat, na mehr-sadoqat, na Xudo to‘g‘risida bilim bor+.   Yolg‘on qasam, uydirma+, qotillik+,O‘g‘rilik va zino keng tarqalib+,Xunrezlik ketidan xunrezlik bo‘lmoqda+.   Mana nima uchun bu yurt qayg‘urmoqda+,U yerda yashovchi har kim holdan toymoqda.Dashtdagi yovvoyi hayvonlaru ko‘kdagi qushlar,Hatto dengizdagi baliqlar ham qirilib ketmoqda.   «Ammo hech kim sen bilan bahslashmasin, senga tanbeh bermasin+.Chunki sen xuddi ruhoniy bilan tortishayotganga o‘xshaysan+.   Shu bois, kuppa-kunduzi qoqilasan, Sen bilan birga payg‘ambar ham tunda yurganday qoqiladi. Onangning ovozini o‘chiraman*.   Meni tanib-bilmagani uchun xalqimning ovozi o‘chadi. Meni tanib-bilishdan bosh tortganing bois+,Menga ruhoniy bo‘lib xizmat qilishingni rad etaman.Qonunimni yoddan chiqarganing uchun+,Men ham o‘g‘illaringni unutaman.   Ruhoniylar soni ko‘paygani sayin, Menga qarshi ko‘proq gunoh qilishdi+. Men ularning ulug‘vorligini sharmandalikka aylantiraman*.   Ular xalqimning gunohlari bilan oziqlanadi,Ularning qilmishlariga tashnadir.   Ruhoniyning boshiga tushgan, xalqning ham boshiga tushadi.Tutgan yo‘llari uchun ularni javobgarlikka tortaman,Qilgan ishlariga yarasha qaytaraman+. 10  Ular yeydi, ammo to‘ymaydi+, Buzuqlik qiladi, lekin farzand ko‘rmaydi+.Boisi ular Yahovaga hurmat ko‘rsatmadi. 11  Fohishalik, eski sharobu yangi sharobOdamni es-hushidan ayiradi+. 12  Xalqim yog‘och butlar bilan maslahatlashib,Tayoqlari* nima desa shuni qiladi.Buzuqlik ruhi ularni yo‘ldan ozdiradi,Buzuq ishlari dastidan Allohga bo‘ysunmaydi. 13  Tog‘lar cho‘qqilarida qurbonlik keltirib+,Tepaliklarda qurbonliklar kuydirib tutatadi.Eman, stiraks* va har qanday ulkan daraxt tagida+,Ha, sersoya daraxtlar tagida qurbonlik keltiradi. Shuning uchun qizlaring fohishalik qilib,Kelinlaring zinoga qo‘l uradi. 14  Qizlaringni fohishalik qilgani,Kelinlaringni zinoga qo‘l urgani uchun javobgarlikka tortmayman. Chunki erkaklar ham fohishalarni xilvatga olib ketadi,Ibodatxona fohishalari* bilan qurbonlik keltiradi.Bunday befarosat xalq+ halokatga uchraydi. 15  Ey Isroil, sen buzuqlik qilding+,Sen esa, ey Yahudo, bunday gunohda aybdor bo‘lma+. Gilgalga ham, Bayt-Obunga ham borma+,“Barhayot Xudo Yahova haqqi”,— deb qasam ichma+. 16  Isroil bo‘yin bermaydigan buqaday bo‘lib qoldi+. Nahotki, Yahova uni yosh qo‘chqorday yaylovda o‘tlatsa?! 17  Efrayim butlarga bog‘lanib qoldi+. Uni o‘z holiga qo‘y! 18  Uning ichkiligi* tugaganda,U buzuqlikka beriladi. Uning boshliqlari uyatsiz ishlarni yaxshi ko‘radi+. 19  Shamol uni qanotlarida uchirib ketadi,Keltirgan qurbonliklari uchun isnodga qoladi».

Izohlar

Yoki «Onangni yo‘q qilaman».
Boshqa variant «Ulug‘vorligimni sharmandalikka almashtirishdi».
Yoki «Folchi tayog‘i».
Gullari xushbo‘y daraxt.
Yoki «bug‘doydan tayyorlangan pivo».