Ho‘sheya 5:1-15

  • Efrayim va Yahudoga chiqarilgan hukm (1-15)

5  «Ey ruhoniylar, tinglang!+Ey, Isroil xonadoni, diqqatli bo‘l!Ey, shoh xonadoni, quloq sol!Sizlar Mispax uchun tuzoq,Tovur+ ustidan yoyilgan to‘r bo‘lganingiz bois,Hukm etilasizlar.   Isyonchilar g‘oyat ko‘p qon to‘kishdi,Men ularning hammasini ogohlantirdim*.   Efrayimni bilaman,Isroil Mendan yashirina olmaydi. Ey Efrayim, sen buzuqlik qilding,Isroil o‘zini-o‘zi bulg‘adi+.   Ularning ishlari Xudoga qaytishlariga izn bermaydi,Chunki ular orasida buzuqlik ruhi hukm suradi+.Men, Yahova, ularning Xudosi ekanimni tan olishmaydi.   Isroilning mag‘rurligi o‘ziga qarshi guvohlik berdi+.Isroil ham, Efrayim ham, o‘z xatosi dastidan qoqildi.Ular bilan Yahudo ham qoqildi+.   Suruvlari-yu podalari bilan Yahovani izladi,Biroq Uni topa olmadi. Xudo ulardan yiroqlashdi+.   Ular haromi o‘g‘illariga otalik qilib+,Yahovaga xiyonat qildi. Ular bir oy ichida o‘z ulushlari bilan birga yo‘q qilinadi*.   Givoda burg‘u, Ramada+ karnay chaling!+ Bayt-Obunda+ jangovar ovozda baqiring. Ey Benyamin, ortingdan boramiz!   Ey Efrayim, jazo kunida sen mudhish ahvolga tushasan+. Men Isroil qabilalari orasida nima yuz berishini ma’lum qildim. 10  Yahudo beklari chegarani suradiganlarga o‘xshaydi+. O‘z qahrimni ularning ustiga suvday to‘kaman. 11  Dushmaniga ergashishga qaror qilgani uchun,Efrayim jabr-zulm ko‘rib, adolat ila yakson etildi+. 12  Men Efrayim uchun kuyaday,Yahudo xonadoni uchun chirikday bo‘ldim. 13  Efrayim o‘z kasalligini, Yahudo o‘z yarasini ko‘rganda,Efrayim Ossuriyaga borib+, ulug‘ shohga xabarchilar yubordi. Biroq o‘sha shoh senga shifo berolmadi,Yarangni davolay olmadi. 14  Men Efrayim uchun yosh sherday,Yahudo xonadoni uchun baquvvat sherday bo‘laman. O‘zim ularni tilka-pora qilib tashlab ketaman+.Ularni sudrab ketaman, ularni hech kim qutqarmaydi+. 15  Makonimga qaytaman-da, ular gunohiga yarashasini olmaguncha u yerda qolaman.Shunda ular marhamatimni qozonishga intiladi+. Boshiga kulfat tushganda Meni izlaydi»+.

Izohlar

Yoki «hammasiga ta’lim-tarbiya beraman».
Boshqa variant «Bir oy ularni va ulushlarini yutib yuboradi».