Ho‘sheya 6:1-11

  • Yahovaga qaytishga undash (1-3)

  • Xalqning mehr-sadoqati tezda yo‘q bo‘ladi (4-6)

    • Mehr-sadoqat qurbonlikdan yaxshiroq (6)

  • Xalqning uyatsiz xulq-atvori (7-11)

6  «Keling, Yahovaga qaytaylik!U bizni tilka-pora qildi+, lekin O‘zi shifo beradi. Bizni jarohatladi, ammo yaramizni O‘zi bog‘laydi.   Ikki kundan keyin bizni tiriltiradi. Uchinchi kuni bizni oyoqga turg‘izadi,Biz Uning huzurida yashaymiz.   Keling, Yahovani tanib-bilaylik, Uni yaxshiroq bilishga intilaylik. Tongda quyosh chiqqaniday, Uning kelishi ham muqarrar.U xuddi jaladay,Yerni sug‘organ bahor yomg‘iriday keladi».   «Ey Efrayim, seni nima qilsam ekan? Ey Yahudo, seni-chi, nima qilay? Zero, mehr-sadoqatingiz tonggi bulutday,Tezda yo‘q bo‘lib ketadigan shudring kabidir.   Shu bois, seni payg‘ambarlar orqali chopib tashlayman+.Og‘zimdan chiqqan so‘zlar bilan halok etaman+, Senga chiqarilgan hukmlar nurday porlaydi+.   Axir Menga qurbonlik emas, mehr-sadoqat,Butunlay kuydiriladigan qurbonliklar emas, Xudoni tanib-bilishingiz yoqadi+.   Biroq xalqim o‘tkinchi inson singari ahdni buzdi+. Ular o‘sha yerda Menga xiyonat qildi.   Gilad — yomonlik qiluvchilarning shahri+,U qon izlariga to‘ladir+.   Ruhoniylar — pistirmada yotgan bosqinchilar to‘dasiga o‘xshaydi. Ular Shakam+ yo‘lida qotillik qiladi,Chunki ular uyatsizdir. 10  Isroil xonadonida dahshatli bir narsani ko‘rdim. Efrayim u yerda fohishalik qiladi+,Isroil o‘zini bulg‘aydi+. 11  Ey Yahudo, sen uchun o‘rim-yig‘im vaqti belgilandi,O‘shanda xalqimni asirlikdan qaytaraman»+.

Izohlar