Ho‘sheya 7:1-16

  • Efrayimning yovuzliklari (1-16)

    • Xudoning to‘ridan qutulib bo‘lmaydi (12)

7  «Har safar Isroilga shifo bermoqchi bo‘lganimda,Efrayimning xatosi+,Samariyaning yovuzliklari oshkor bo‘ladi+. Ular qing‘ir ishlarga qo‘l uradi+.O‘g‘rilar uylarga kiradi, bosqinchilar to‘dasi yo‘lto‘sarlik qiladi+.   Barcha yovuzliklarini esga olishimni ular xayoliga ham keltirmaydi+. Ular o‘z ishlariga o‘ralashib qoldi,Bularning bari ko‘z o‘ngimdadir.   Ular qabihliklari bilan shohni,Hiylalari bilan beklarni quvontiradi.   Ularning hammasi zinokor,Ular novvoy qizdirgan tandirga o‘xshaydi,Qorilgan xamir oshmaguncha, u cho‘g‘larni kovlamaydi.   Shohning bayram kunida beklar kasal bo‘ldi,Ular sharob dastidan g‘azabga mindi+, Shoh mazaxchilarga qo‘lini cho‘zdi.   Ular go‘yo tandirga yaqinlashganday, yuraklari yonib turadi*. Tuni bo‘yi novvoy uxlab yotadi,Tongda esa tandirda yana olov lovullaydi.   Ularning barchasi tandir kabi qizib,O‘z hakamlarini yutib yuboradi. Hamma shohlari qulaydi+,Orasidan hech biri Meni chaqirmaydi+.   Efrayim xalqlar bilan aralashib ketdi+, Efrayim ag‘darilmagan nonga o‘xshab qoldi.   Musofirlar uning kuchini sarfladi+, ammo u buni bilmadi. Sochlari oqardi, lekin u buni payqamadi. 10  Isroilning mag‘rurligi o‘ziga qarshi guvohlik berdi+,Bunga qaramay, ular O‘z Tangrisi Yahovaga qaytmadi+,Uni izlamadi. 11  Efrayim aqlsiz kaptar kabidir+. U Misrga yolvordi+, Ossuriyaga+ bordi. 12  Qaerga bormasin, ustiga to‘rimni tashlayman. Ko‘kdagi qushlarday ularni yerga tushiraman. Jamoasiga berilgan ogohlantirishga ko‘ra jazolayman+. 13  Mendan qochib ketgani uchun ularning holiga voy! Menga qarshi gunoh qilgani bois, xonavayron bo‘ladi. Ularni xalos etishga tayyor edim, ammo ular Men haqimda yolg‘on gapirdi+. 14  Ular o‘z yotog‘ida dod-voy qilib yotsa-da,Chin yurakdan Mendan yordam so‘ramadi+. Don bilan yangi sharobi mo‘l bo‘lsin deb badanini kesdi.Ular Menga qarshi bosh ko‘tardi. 15  Ularni tarbiyalab, qo‘llarini kuchli qilsam-da,Yomonlikni ko‘ngliga tugib, Menga qarshi chiqdi. 16  Ular yo‘nalishini o‘zgartirdi, biroq yuksakroq* tarafga emas.Ular ipi bo‘shab qolgan kamonday ishonchsiz bo‘lib qoldi+. Haqoratli tili dastidan beklari qilichdan halok bo‘ladi. Shu bois, ular Misr yurtida kulgiga qoladi»+.

Izohlar

Boshqa variant «fitnalari bilan yaqinlashganda yuraklari tandir kabidir».
Ya’ni yuksak topinish.