Ho‘sheya 8:1-14
8 «Burg‘u chaling!+
Yov xuddi burgutday Yahovaning uyiga kelyapti+,Chunki ular ahdimni buzib+, qonunimni poymol qildi+.
2 Ular: “Ey Xudoyimiz, biz, Isroil xalqi, Seni bilamiz!” — deb yolvoryapti+.
3 Isroil yaxshilikni rad etdi+.
Dushman uni ta’qib etsin.
4 Ular Mensiz shohlar tayinladi,
Roziligimni olmay beklar qo‘ydi.
O‘zlarini halokatga duchor qilib+,Kumushu oltinidan butlar yasadi+.
5 Ey Samariya, sen yasagan buzoqni uloqtirdim!+
G‘azabim ularga qarshi alanga oldi+.
Qachongacha ular o‘zlarini poklamay yuradi?
6 Bu, Isroilning ishidir.
Uni hunarmand yasagan, u Xudo emas.Samariya yasagan buzoq parchalab tashlanadi.
7 Ular shamol ekkani uchunBo‘ron o‘rib oladi+.
Bug‘doy boshoq chiqarmaydi+,Donlari un bermaydi.
Biror narsa o‘sib chiqsa ham begonalar yeydi+.
8 Isroilni dushman yutib yuboradi+.
Ular xalqlar orasida+Foydasiz bir idishday bo‘ladi.
9 Chunki ular yolg‘iz yurgan yovvoyi eshakday Ossuriyaga ketdi+.
Efrayim bo‘lsa o‘ynashlar yolladi+.
10 Xalqlar orasidan o‘zlariga o‘ynashlar yollagan bo‘lsa-da,Endi Men ularni bir joyga yig‘aman.Ular shoh va beklar yuklagan og‘irlik dastidan azob chekadi+.
11 Efrayim qurbongohlarni orttirib, gunoh qildi+.
Qurbongohlari uni gunohga botirdi+.
12 Men unga ko‘pgina qonunlar yozib berdim.Ammo u bunga g‘ayritabiiy narsadek qaradi+.
13 Ular Menga qurbonliklar tortiq qilib, go‘sht yeydi,Lekin bu Menga, Yahovaga, yoqmaydi+.
Ularning xatolarini yodda tutaman, gunohlari uchun jazolayman+.
Ular Misrga qaytdi*+.
14 Isroil Yaratuvchisini unutib+, ibodatxonalar qurdi+,Yahudo mustahkam shaharlarni ko‘paytirdi+.
Ammo Men uning shaharlariga o‘t qo‘yaman,Har bir shahardagi minoralarni olov yutadi»+.
Izohlar
^ Boshqa variant «qaytadi».