Ho‘sheya 9:1-17

  • Alloh Efrayimni rad etdi (1-17)

    • O‘zlarini razil xudoga bag‘ishladi (10)

9  «Ey Isroil, sevinma!+Boshqa xalqlarday quvonma! Zero, sen fohishalik dastidan Xudoyingdan og‘ib ketding+. Har bir xirmonda fohishalik qilib topgan haqingni yaxshi ko‘rding+.   Xirmon bilan uzumsiqqich seni to‘ydirmaydi,Yangi sharob ham yetmay qoladi+.   Yahovaning yurtida ortiq yashamaysan+.Efrayim Misrga qaytadi,Ossuriyada harom narsani yeydi+.   Ular Yahovaga atab sharob nazrlarini to‘kmaydi+.Qurbonliklari Uni mamnun qilmaydi+. Ular motam noniga o‘xshaydi.Uni yeganlarning bari o‘zini bulg‘aydi. Zero, ularning noni faqat o‘zlari uchundir.U Yahovaning uyiga keltirilmaydi.   Yahovaga atalgan bayram kuni,Yig‘ilish kuni kelganda nima qilasizlar?   Ular vayronagarchilik dastidan qochib ketadi+. Misr ularni yig‘ib oladi+, Memfis esa dafn etadi+. Kumushdan yasalgan bebaho narsalarini qichitqi o‘tlar qoplaydi,Chodirlarida tikanli butalar o‘sib ketadi.   Qasos kunlari+,Intiqom kunlari keladi,Isroil buni bilib qo‘ysin! Ularning payg‘ambari ahmoq bo‘ladi, vahiy oladigan odami aqldan ozadi.Gunohga botganing tufayli, senga qarshi adovat ko‘pdir».   Efrayimning qo‘riqchisi+ Tangrim bilan edi+. Endi bo‘lsa, payg‘ambarlarining+ yo‘llari qush tutuvchining tuzog‘i kabidir.Xudosining uyi adovatga to‘la.   Isroilliklar Givo kunlarida bo‘lganiday halokatli ishlarga botib ketdi+. Xudo ularning qilmishlarini yodda tutib, gunohlari uchun jazolaydi+. 10  «Men Isroilni topganimda, u sahrodagi tok kabi edi+. Ota-bobolaringni ko‘rganimda, ular anjir daraxtining ilk hosiliday edi. Lekin ular Piyordagi Baal yoniga bordi+.O‘zlarini bu razil xudoga bag‘ishladi+.Ular ham yaxshi ko‘rgan butlari singari jirkanch bo‘ldi. 11  Efrayimning shon-sharafi qushday uchib ketdi.Unda na homilador, na bola tuqqan bor+. 12  Ular farzand katta qilsa ham,Bitta qoldirmay tortib olaman+.Ha, ulardan yuz o‘girganimda holiga voy bo‘ladi!+ 13  Yaylovga ekilgan Efrayim Men uchun Tirga o‘xshardi+.Endi Efrayim o‘z o‘g‘illarini qirg‘inga duchor qilishga majbur». 14  Ey Yahova, ularga beradiganingni ber.Bola tashlaydigan bachadon, qurigan ko‘kraklar ber. 15  «Barcha yovuzliklarini Gilgalda qildi+, u yerda ulardan nafratlandim. Qabih ishlari uchun ularni uyimdan quvaman+. Bundan buyon ularga mehr bermayman+.Beklarining bari o‘jardir. 16  Efrayim yo‘q qilinadi+. Ildizi qurib qoladi, hech qanday meva bermaydi. Tug‘sa ham suyukli farzandini nobud qilaman». 17  Xudoyim ulardan voz kechadi,Chunki ular Unga quloq solmadi+,Ular xalqlar orasida qochqinlikda yuradi+.

Izohlar