Yo‘el 3:1-21

  • Yahova barcha xalqlarni hukm qiladi (1-17)

    • Yohushafat vodiysi (2, 12)

    • Hukm vodiysi (14)

    • Yahova Isroilning qo‘rg‘oni (16)

  • Yahova O‘z xalqiga baraka beradi (18-21)

3  «O‘sha kunlarda, o‘sha paytda,Men Yahudo bilan Quddusning asirga olinganlarini qaytarganimda+,   Barcha xalqlarni birga yig‘ib,Yohushafat* vodiysiga olib tushaman.O‘z xalqim, mulkim Isroil haqqiUlarni o‘sha yerda hukm qilaman+.Chunki ular xalqimni ellar orasiga tarqatib yubordi,Yerimni o‘zaro bo‘lishib oldi+.   Ular xalqim uchun qur’a tashladi+.O‘g‘il bolani fohishaning xizmati evaziga berishdi,Qiz bolani sharob evaziga sotishdi.   Ey Tir, Sidon va Falastinning barcha hududlari,Men bilan bunday muomala qilishga qanday haqqingiz bor? Sizlarga qarshi nima yomonlik qildimki Mendan qasd olmoqchisiz?! Agar Mendan qasd olsangiz,Men darrov, o‘sha zahotiyoq yomonligingizni o‘z boshingizga solaman+.   Sizlar kumush-u oltinimni oldingiz+,Qimmatbaho xazinalarimni ibodatxonalaringizga olib kirib qo‘ydingiz.   Yahudo bilan Quddus aholisini o‘z yeridan uzoqlashtirish uchun,Ularni yunonlarga sotib yubordingiz+.   Ularni qayerga sotib yuborgan bo‘lsangiz, o‘sha yerdan qaytarib olib kelaman+.Ularga qilgan yomonligingizni boshingizga solaman.   O‘g‘il-u qizlaringizni Yahudo xalqiga sotaman+.Ular esa bolalaringizni shavaliklarga, olisda yashovchi xalqga sotib yuboradi.Buni Men, Yahova aytdim.   Millatlar orasida mana buni e’lon qiling+: “Urushga hozirlik ko‘ring! Jangchilarni safarbar qiling! Sipohlarning bari jang qilgani oldinga chiqib hujum qilsin!+ 10  Omochlaringizni qilichlarga, o‘roqlaringizni nayzalarga aylantiringlar. Zaif kishi: “Men kuchliman”,— desin. 11  Ey, barcha qo‘shni xalqlar, kelib yordam bering, birga yig‘iling!”+» Ey Yahova, jangchilaringni bu yerga chaqir! 12  «Xalqlar o‘rnidan turib, Yohushafat vodiysiga kelsin.Chunki Men o‘sha yerda o‘tirib, atrofdagi xalqlarning barchasini hukm qilaman+. 13  O‘roq soling, chunki hosil yetildi. Uzum siqadigan chuqurlikka tushib toptang, sababi u to‘ldi+. Sharob quyiladigan idish to‘lib-toshdi, zero ularning yomonliklari ko‘payib ketdi. 14  Hukm vodiysida nihoyatda ko‘p odam yig‘ildi,Zero bu vodiyda Yahova hukm qiladigan kun yaqindir+. 15  Quyosh va oy qorayib,Yulduzlar o‘z nurini sochmay qo‘yadi. 16  Yahova Siondan turib o‘kiradi,Quddusdan baland ovozda sado chiqaradi. Yer-u osmon larzaga keladi.Ammo Yahova O‘z xalqining panohi,Isroil xalqining qo‘rg‘oni bo‘ladi+. 17  Shunda muqaddas tog‘im Sionda makon qilgan Tangringiz Yahova Men ekanimni bilib olasizlar+. Quddus muqaddas maskan bo‘ladi+,Begonalar u yerga endi oyoq bosmaydi+. 18  O‘sha kuni tog‘lardan shirin sharob+,Tepaliklardan sut,Yahudo o‘zanlaridan suv oqadi. Yahovaning uyidan buloq oqib chiqib+Shitim* vodiysini* sug‘oradi. 19  Yahudo xalqiga zulm o‘tkazib+,Ularning yurtida begunoh qon to‘kkani uchun+,Misr kimsasiz qoladi+,Edom bo‘m-bo‘sh sahroga aylanadi+. 20  Ammo Yahudoda doim odamlar yashaydi,Ular avlodlar osha Quddusda istiqomat qiladi+. 21  Ilgari ular qon to‘kkanlikda aybdor bo‘lgan bo‘lsa, endi ularni aybsiz deb hisoblayman+.Yahova Sionda istiqomat qiladigan bo‘ladi»+.

Izohlar

Ma’nosi «Yahova — Hakam».
Ma’nosi «akasiya daraxtlari».