Amos 1:1-15

1  Taxuvalik+ cho‘ponlardan biri bo‘lgan Amosning* so‘zlari. Yahudoda Uzziyo+, Isroilda Yo‘sh+ o‘g‘li Yorubom+ hukmronlik qilgan davrda, zilziladan ikki yil oldin, unga Isroil to‘g‘risida vahiy keldi+.  U shunday dedi: «Yahova Siondan turib o‘kiradi,Quddusdan baland ovozda sado chiqaradi. Cho‘ponlarning yaylovlari qurib ketadi,Karmil tepasidagi o‘tlar qovjirab qoladi»+.   «Yahova shunday demoqda:“Damashq uch va hatto to‘rt marta isyon qilgani* uchun hukmimni o‘zgartirmayman,Zero ular Giladni temir xo‘ptirlar* bilan yanchdi+.   Xazayil+ xonadoni ustiga olov yuboraman.Bu olov Banhadadning mustahkam minoralarini yutib yuboradi+.   Damashqning surma zulfinlarini sindiraman+.Bikat-Aben aholisini-yuBayt-Eden hukmdorini yo‘q qilaman.Suriya xalqi Xirga surgun qilinadi”+,— deb aytmoqda Yahova.   Yahova shunday demoqda:“G‘azo+ uch va hatto to‘rt marta isyon qilgani uchun hukmimni o‘zgartirmayman,Zero ular butun xalqni surgun qilib+, Edomning qo‘liga topshirdi.   Shuning uchun G‘azo devorlariga olov yuboraman+.Bu olov uning mustahkam minoralarini yutib yuboradi.   Ashdod aholisini-yu+Ashqalon hukmdorini yo‘q qilaman+.Exronga qarshi qo‘l ko‘tarib+,Omon qolgan filistimliklarni qirib tashlayman”+,— demoqda Oliy Hukmdor Yahova.   Yahova shunday demoqda:“Tir+ uch va hatto to‘rt marta isyon qilgani uchun hukmimni o‘zgartirmayman,Zero ular butun xalqni surgun qilib, Edomning qo‘liga topshirdi,Ular birodarlik ahdini yodga olmadi+. 10  Tir devorlariga olov yuboraman.Bu olov uning mustahkam minoralarini yutib yuboradi”+. 11  Yahova shunday demoqda:“Edom+ uch va hatto to‘rt marta isyon qilgani uchun hukmimni o‘zgartirmayman,Zero u birodarini qilich bilan ta’qib qildi+,Rahm-shafqat ko‘rsatishni istamadi,Jahl ustida ularni ayovsiz tilka-pora qildi,Ularga nisbatan g‘azabidan hech tushmadi+. 12  Temonga olov yuboraman+.Bu olov Bozraxning mustahkam minoralarini yutib yuboradi”+. 13  Yahova shunday demoqda:“Ommonliklar+ uch va hatto to‘rt marta isyon qilgani uchun hukmimni o‘zgartirmayman,Zero ular hududini kengaytirish uchun, Giladdagi homilador ayollarning qornini yorgan+. 14  Jangga da’vat tovushi ilaKuchli shamol ko‘tarib, bo‘ron ilaRabba shahrining devorlariga o‘t qo‘yaman+.Bu olov uning mustahkam minoralarini yutib yuboradi. 15  Ommonliklar shohi beklari bilan birga surgun qilinadi”+,— demoqda Yahova.

Izohlar

Ma’nosi «yuk bo‘lmoq» yoki «yuk tashimoq».
Yoki «jinoyatlari».