Amos 2:1-16

  • Jinoyatlar uchun hukmlar (1-16)

2  Yahova shunday demoqda:“Mo‘ab+ uch va hatto to‘rt marta isyon qilgani* uchun hukmimni o‘zgartirmayman,Zero u Edom shohining suyaklarini kuydirib ohak qildi.   Men Mo‘abga olov yuboraman,U Xariyo‘tning mustahkam minoralarini yutib yuboradi+.Mo‘ab jangga chorlovchi hayqiriqlar-u burg‘u sadosi ostida,Shovqin-suron ichida o‘lib ketadi+.   Mo‘ab hukmdorini yo‘q qilaman,U bilan birga beklarini ham qatl qilaman”+,— deb aytmoqda Yahova.   Yahova shunday demoqda:“Yahudo+ uch va hatto to‘rt marta isyon qilgani uchun hukmimni o‘zgartirmayman.Zero, ular Yahovaning qonunlarini rad etdi,Uning qoidalariga amal qilmadi+.Ota-bobolari ergashgan yolg‘onlar ularni ham yo‘ldan ozdirdi+.   Yahudoga olov yuboraman.Bu olov Quddusning mustahkam minoralarini yutib yuboradi”+.   Yahova shunday demoqda:“Isroil+ uch va hatto to‘rt marta isyon qilgani uchun hukmimni o‘zgartirmayman.Chunki ular odil insonni kumushga,Kambag‘alni bir juft sandal evaziga sotadi+.   Ular bechoralarning boshini tuproqga qoradi+,Kamtarlarning* yo‘lini to‘sadi+. Ota va o‘g‘il bitta ayol bilan yotib,Ismimga dog‘ tushirishmoqda.   Ular har bir qurbongoh+ oldida garovga olingan kiyimlarni to‘shab, ustida yotadi+.Xudolarining uyida ichadigan sharobi jarima evaziga olingan”.   “Ammo kedr daraxtiday bo‘yi baland va emanday baquvvat amoriylarniXalqimni deb qirib tashlagan Men edim+.Ularning mevasini yo‘q qilib, ildizini Men quritdim+. 10  Men sizlarni Misrdan olib chiqqan edim+,Qirq yil davomida sahroda sizlarga yo‘l ko‘rsatdim+,Amoriylar yurtini sizlarga mulk qilib berdim. 11  Men o‘g‘illaringizdan ba’zilarini payg‘ambarlar+ etib tayinladim,Yigitlaringizdan ayrimlarini nazr qilinganlar+ sifatida tanladim. Shunday emasmi, ey Isroil xalqi?!” — demoqda Yahova. 12  “Sizlar nazr etilgan kishilarga sharob ichirdingiz+,Payg‘ambarlarga: “Bashorat qilmanglar”, — deb buyurdingiz+. 13  Don orttirilgan arava ostidagi narsa ezilib ketganiday,Men ham sizlarni o‘z joyingizda ezib tashlayman. 14  Chaqqon qochgani joy topolmaydi+,Baquvvat kishining kuchi qolmaydi,Hech bir jangchi jonini saqlay olmaydi. 15  Kamonchi o‘z joyida tura olmaydi,Tez yuguradigan qochib qutulolmaydi,Chavandoz jonini saqlay olmaydi. 16  Jangchilarning eng jasuri hamO‘sha kuni yalang‘och qochib ketadi”+,— demoqda Yahova.

Izohlar

Yoki «jinoyatlari».
Yoki «muloyim, beozor».