Amos 3:1-15

  • Allohning hukmlari (1-8)

    • Xudo O‘z sirlarini ochib bermoqda (7)

  • Samariyaga qarshi hukm (9-15)

3  Ey Isroil xalqi, Yahovaning siz haqingizda, Misrdan olib chiqqan butun xalq to‘g‘risida aytgan so‘zlarini tinglang:   “Yer yuzidagi barcha xalqlar ichidan faqat sizlarni yaqindan bilaman+. Mana shu sababli hamma gunohlaringiz uchun javobgarlikka tortaman+.   Agar ikki kishi kelishib olmasa, birga yo‘lga chiqa oladimi?   O‘rmonda o‘lja bo‘lmasa, sher o‘kiradimi? Ovlaydigan hech narsa bo‘lmasa, yosh sher makonidan turib bo‘kiradimi?   Yerda tuzoq qo‘yilmagan bo‘lsa*, qush to‘rga tushadimi? Tuzoqga hech narsa ilinmasa, sirtmoq tortiladimi?   Shaharda burg‘u chalinsa, odamlar titramaydimi? Yahova yubormasa, shaharga falokat keladimi?   Xizmatkorlari bo‘lmish payg‘ambarlarga sirlarini ochmay turib,Oliy Hukmdor Yahova hech narsa qilmaydi+.   Sher bo‘kirganda+ kim qo‘rqmaydi? Oliy Hukmdor Yahova aytgan bo‘lsa, qaysi payg‘ambar jim turadi?”+   Ashdodning mustahkam minoralaridan,Misrning mustahkam minoralaridan buni e’lon qiling: “Samariya tog‘larida to‘planing+.U yerdagi tartibsizlig-uTovlamachilikka bir qarang+. 10  Chunki ular to‘g‘rilik nima ekanini bilmaydi.Mustahkam minoralarini zo‘ravonlig-u, vayronagarchilik bilan to‘ldirishyapti”,— demoqda Yahova. 11  Shuning uchun Oliy Hukmdor Yahova bunday deb aytmoqda:“Dushman yurtni o‘rab oladi+,U seni kuchdan qoldiradi,Mustahkam minoralaringni talon-toroj qiladi”+. 12  Yahova shunday demoqda:“Cho‘pon sherning og‘zidan qo‘yning ikki oyog‘i yoki qulog‘ining bir parchasini tortib olganiday,Samariyada bezatilgan to‘shaklarda, eng yaxshi o‘rindiqlarda o‘tirganIsroil xalqidan ozchilik omon qoladi”+. 13  Qo‘shinlar Sarvari, Oliy Hukmdor Yahova shunday deb e’lon qilmoqda: “Eshiting, Yoqub xonadonini ogohlantiring*. 14  O‘sha kuni Men Isroil xalqini barcha isyonlari* uchun javobgarlikka tortaman+,Baytildagi qurbongohlarni ham buzib tashlayman+.Barcha qurbongohlarning shoxlarini kesib tashlayman va ular yerga tushib yotadi+. 15  Qishki saroy bilan birga yozgi saroyni buzib tashlayman”. “Fil suyagidan yasalgan uylar yo‘q bo‘lib ketadi+,Hashamatli* imoratlar vayron bo‘ladi”+,— demoqda Yahova.

Izohlar

Boshqa variant «Tuzoqga xo‘rak qo‘yilmagan bo‘lsa».
Yoki «Yoqub xonadoniga qarshi guvohlik bering».
Yoki «jinoyatlari».
Boshqa variant «Ko‘plab».