Amos 4:1-13

  • Bashan sigirlariga qarshi hukm (1-3)

  • Isroilliklar butlarga sig‘inayotganidan Yahova hazar qilmoqda (4, 5)

  • Isroil ta’lim-tarbiyani qabul qilishni istamadi (6-13)

    • «Xudoyingiz bilan uchrashishga tayyor turing» (12)

    • Xudo O‘z fikrlarini insonga oshkor etadi (13)

4  Ey, Samariya tog‘idagi Bashan sigirlari+,Mana bu so‘zlarni tinglang,Sizlar bechoralarni aldab+, kambag‘allarni ezasiz,Erlaringizga esa: “Ichkilik olib kel!” — deysiz.   Oliy Hukmdor Yahova muqaddasligi haqqi ont ichib:“Shunday kun kelyaptiki, dushmanlar sizlarni qassobning ilmog‘iga,Qolganlaringizni esa qarmoqga ilib qo‘yadi.   Qarshingizdagi devor teshigidan qochib ketasizlar.Sizlarni Xarmonga uloqtirishadi”,— demoqda Yahova.   “Baytilga borib gunoh qiling+,Gilgalga boring va yana ko‘proq gunoh qiling!+ Qurbonliklaringizni+ ertalab,Ushrlaringizni*+ uchinchi kun olib boring.   Xamirturushli nonni shukrona qurbonligi sifatida kuydiring+.Ixtiyoriy nazringiz haqida jar soling! Ey Isroil xalqi, siz shunday qilishni xush ko‘rasiz-ku!” — demoqda Oliy Hukmdor Yahova.   “Men esa jamiki shaharlaringiz aholisini och qoldirib,Uylaringizda nonga zor qildim+.Biroq Menga qaytmadingiz”+,— demoqda Yahova.   “O‘rim-yig‘imdan uch oy oldin sizlarga yomg‘ir bermay qo‘ydim+.Bir shaharga yomg‘ir yog‘dirib, boshqasiga yog‘dirmadim. Yerning bir qismiga yomg‘ir yog‘sa,Boshqasi yomg‘ir yo‘qligidan qurib qoldi.   Ikki yoki uchta shahar aholisi gandiraklab suv ichgani boshqa shaharga bordi+,Ammo chanqog‘ini qondira olmadi.Shunda ham Menga qaytmadingiz”+,— demoqda Yahova.   “Men sizlarni garmselga va zang kasaliga giriftor qildim+. Bog‘lar-u uzumzorlaringizni ko‘paytirdingiz,Biroq anjir va zaytun daraxtlaringizni chigirtkalar yeb bitirdi+.Shunda ham Menga qaytmadingiz”+,— demoqda Yahova. 10  “Misrda bo‘lganidek, sizlarning orangizga o‘lat yubordim+. Yigitlaringizni qilichdan o‘tkazib+, otlaringizni tortib oldim+. Qarorgohlaringizdan jasadlarning qo‘lansa hidi kelib turdi+.Shunda ham Menga qaytmadingiz”,— demoqda Yahova. 11  “Sado‘m va G‘amo‘rani yo‘q qilganim kabi+,Yurtingizni ham yo‘q qildim. Sizlar olovdan chiqarib olingan o‘tinga o‘xshab qoldingiz.Shunda ham Menga qaytmadingiz”+,— demoqda Yahova. 12  Shuning uchun, ey Isroil xalqi, sizlarni yana jazolayman. Sizlarni jazolar ekanman,Ey Isroil xalqi, Xudoyingiz bilan uchrashishga tayyor turing. 13  U tog‘larni vujudga keltirib+, shamolni paydo qilgan+ Zotdir.U fikrlarini insonga oshkor etadi,Tongni zulmatga aylantiradi+,Yerning cho‘qqilari uzra yuradi+.Uning ismi — Qo‘shinlar Sarvari Tangri Yahova.

Izohlar

Yoki «O‘ndan bir qismni».