Amos 5:1-27

  • «Bokira qiz — Isroil quladi» (1-3)

  • Xudoni izlang, shunda yashaysizlar (4-17)

    • Yomonlikdan nafratlanib, yaxshilikni seving (15)

  • Yahovaning kuni qorong‘ilik kuni bo‘ladi (18-27)

    • Isroilliklarning qurbonliklari qabul qilinmadi (22)

5  Ey Isroil xalqi, siz haqingizda aytgan motam qo‘shig‘imni tinglang:   “Bokira qiz — Isroil quladi.U o‘rnidan tura olmayapti. U o‘z yerida tashlab ketildi.Uni turg‘izadigan hech kim yo‘q”.  Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda: “Shahardan ming kishi urushga borsa, ulardan yuztasi qoladi.Borganlar yuz kishi bo‘lsa, o‘ntasi qoladi. Bu, Isroil xonadoni bilan sodir bo‘ladi”+.  Yahova Isroil xonadoniga shularni aytmoqda: “Meni izlang, shunda yashaysizlar+.   Baytilni izlamang+,Gilgalga bormang+, Bersheva tomonga o‘tmang+.Chunki Gilgal surgunga ketadi+,Baytil yo‘q bo‘ladi*.   Yahovani izlang, shunda yashaysizlar+.Toki U, Yusuf xonadoniga qarshi olov kabi lov etib yonib,Baytilni yutib yubormasin, chunki bu olovni hech kim o‘chira olmaydi.   Sizlar haqqoniyatni ermanga aylantirdingiz,Odillikni yerga uloqtirdingiz+.   U Kima* va Kesil* yulduzlar turkumini yaratdi+.U tim qorong‘ilikni tongga aylantiradi,Kunni tunday qorong‘i qiladi+,Dengiz suvlarini yig‘ib olib,Yer yuziga yog‘diradi+.Uning ismi — Yahova.   U kuchlilar ustiga halokat keltirib,Qal’alarni vayron qiladi. 10  Bu xalq shahar darvozasi oldida tanbeh beruvchilardan nafratlanadi,Rostgo‘ylardan jirkanadi+. 11  Sizlar kambag‘aldan yer uchun ijara haqini talab qilib,Uning donini o‘lpon sifatida olganingiz uchun+,Yo‘nilgan toshdan qurilgan uylaringizda endi yashamaysiz+,O‘zlaringiz barpo etgan sara uzumzorlardan sharob ichmaysiz+. 12  Men jinoyatlaringiz* qanchalik ko‘pligini,Gunohlaringiz naqadar kattaligini bilaman:Sizlar odil kishining tinchini buzasiz,Pora olasiz,Shahar darvozasida kambag‘alning huquqini poymol qilasiz+. 13  Shuning uchun, o‘sha paytda fahm-farosatli kishilar sukut saqlaydi,Bu, falokat vaqti bo‘ladi+. 14  Tirik qolishingiz uchun+,Yomonlikni emas, yaxshilikni izlang+. Shunda, Xudo biz bilan deb aytganingizday,Qo‘shinlar Sarvari Tangri Yahova sizlar bilan bo‘ladi+. 15  Yomonlikdan nafratlanib, yaxshilikni seving+,Shahar darvozasida adolat tantana qilsin+. Balki shunda Qo‘shinlar Sarvari Tangri YahovaYusuf xonadonining omon qolganlariga marhamat ko‘rsatar”+. 16  Shuning uchun Yahova, Qo‘shinlar Sarvari Tangri Yahova shunday demoqda: “Hamma shahar maydonlarida dod-faryod ko‘tariladi.Barcha ko‘chalarda odamlar: “Voydod, voydod!” — deyishadi. Ular dehqonlarni azaga chaqirib,Yig‘lash uchun yig‘ichilarni yollaydi.” 17  “Har bir uzumzorda yig‘i-sig‘i bo‘ladi+.Sizlarni jazolash uchun orangizdan o‘taman”,— demoqda Yahova. 18  “Yahovaning kunini intizor bo‘lib kutayotganlarning holiga voy!+ Yahovaning kunida nima sodir bo‘lishini kutyapsiz?+ Bu kun yorug‘lik emas, qorong‘ilik kuni bo‘ladi+. 19  Bu kuni odam sherdan qochib, ayiqga duch kelganday bo‘ladi.U uyiga kirib qo‘li bilan devorga suyanganida, uni ilon chaqib oladi. 20  Yahovaning kuni yorug‘lik emas, qorong‘ilik kuni bo‘ladi.Bu nur emas, zulmat kuni bo‘ladi. 21  Bayramlaringizdan nafratlanaman, jirkanaman+.Tantanali yig‘inlaringizdagi qurbonliklar hidi Menga rohat keltirmaydi. 22  Hatto butunlay kuydiriladigan qurbonliklar-u tuhfa etiladigan nazrlarni keltirsangiz ham,Men ulardan mamnun bo‘lmayman+.Sizlar tinchlik qurbonligi sifatida keltirgan bo‘rdoqilarga qaramayman+. 23  Sershovqin qo‘shiqlaringizni kuylashni bas qiling!Torli asboblaringiz ohangini boshqa eshitmay!+ 24  Haqqoniyat suvday oqsin+,Adolat to‘xtovsiz oqadigan soyday bo‘lsin. 25  Ey Isroil xonadoni, sahroda 40 yil davomidaQurbonliklar-u tuhfa etiladigan nazrlarni Menga keltirganmidingiz?+ 26  Mana endi, o‘zlaringiz uchun yasagan butlar-u xudoyingiz yulduzini,Shohingiz Sikkut bilan Kivunni* ko‘tarib yurasizlar. 27  Men sizlarni Damashqdan ham nariga surgun qilaman”+,— demoqda Xudo. Uning ismi — Qo‘shinlar Sarvari Yahova+.

Izohlar

Boshqa variant «yovuz kuchlar makoniga aylanadi».
Ehtimol, Orion yulduz turkumi.
Buzoq yulduz turkumidagi Pleyada yulduzlari bo‘lishi mumkin.
Yoki «isyonlaringiz».
Sikkut bilan Kivun ilohlari Saturn sayyorasinining timsoli bo‘lishi mumkin. Ularga xudodek topinishgan.