Amos 6:1-14

  • Mag‘rurlarning holiga voy! (1-14)

    • Fil suyagidan yasalgan yotoqlar; sharob quyilgan katta kosalar (4, 6)

6  Siondagi o‘ziga bino qo‘ygan kishilar,Samariya tog‘ida o‘zini xavfsiz his qilayotganlar+,Eng sara xalqning nufuzli kishilari holiga voy!Isroil xonadoni ularning yoniga boradi.   Qalneyga borib ko‘ring, U yerdan gavjum Xomatga+ boring,Filistimliklarning Gat shahriga tushing. Ular bu shohliklardan* yaxshiroqmi?Yo ularning hududi siznikidan kattaroqmi?   Sizlar falokat kuni haqida o‘ylashni istamay+,Zo‘ravonlik orangizda hukmronlik qilishiga yo‘l qo‘yyapsizmi?+   Ular fil suyagidan+ yasalgan yotoqlarda cho‘zilib, o‘rindiqlarda yastanib yotadi+,Suruvdagi qo‘chqor-u bo‘rdoqi buzoqlarni yeydi+.   Ular arfa ohangi ostida qo‘shiqlar to‘qiydi+,Dovud kabi musiqiy asboblar yasaydi+.   Ular katta kosadan sharob ichib+,O‘zlariga a’lo moylar surtadi. Biroq ular Yusufning boshiga tushadigan falokatga parvo qilmayapti+.   Shuning uchun ular birinchilardan bo‘lib surgunga ketadi+,Yastanib yotganlarning aysh-ishrati nihoyasiga yetadi.   Qo‘shinlar Sarvari Tangri Yahova shunday demoqda: “Oliy Hukmdor Yahova O‘zi haqqi qasam ichyapti+.Yoqubning mag‘rurligidan jirkanaman+,Uning mustahkam minoralaridan nafratlanaman+,Shaharni va undagi barchani dushmanlar qo‘liga topshiraman+.  Agar bir uyda o‘n kishi qolsa, ular ham o‘ladi. 10  O‘lganlardan birining qarindoshi kelib, ularning jasadlarini olib chiqadi-da, birma-bir yoqadi. U ularning suyaklarini uydan olib chiqadi. Keyin uyning ichkari xonasidagi kishidan: “Yoningizda yana kimdir bormi?” — deb so‘raganida, u: “Hech kim yo‘q!” — deb javob beradi. So‘ng o‘sha qarindosh: “Jim bo‘ling! Hozir Yahovaning ismini tilga oladigan vaqt emas”,— deb aytadi. 11  Shu bois Yahova buyruq berib+,Katta uyni xarobaga aylantiradi,Kichik uyni vayron qiladi+. 12  Otlar qoya ustida chopa oladimi?Yoki kimdir qoyani ho‘kiz bilan shudgor qila oladimi? Sizlar haqqoniyatni zaharli o‘simlikka,Adolat mevasini ermanga aylantirdingiz+. 13  Sizlar befoyda narsa uchun quvonib,“O‘z kuchimiz bilan qudratga erishmaganmidik*+?” — deysizlar. 14  Shuning uchun, ey Isroil xonadoni, sizlarga qarshi bir xalqni qo‘zg‘ataman+.Ular sizlarni Levo-Xomatdan*+ to Araba vodiysigacha* ezadi”,— demoqda Qo‘shinlar Sarvari Tangri Yahova.

Izohlar

Ehtimol, Yahudo va Isroil shohliklari nazarda tutilgan.
So‘zma-so‘z «O‘zimiz uchun muguzlar olmaganmidik».
Yoki «Xomatning ostonasidan».