Amos 7:1-17

  • Isroilning yo‘q bo‘lib ketishini ko‘rsatuvchi vahiylar (1-9)

    • Chigirtkalar (1-3), olov (4-6), shoqul (7-9)

  • Amosga bashorat qilish man etildi (10-17)

7  Oliy Hukmdor Yahova vahiyda menga mana buni ko‘rsatdi: kechki ekin unib chiqa boshlaganda*, U chigirtka galasini yubordi. Bu, shohning yaylovlaridan pichan o‘rib olinganidan keyin ekilgan ekin edi.  Chigirtka galasi yurtdagi o‘simliklarni yeb bitirgandan so‘ng, men: “Ey, Oliy Hukmdor Yahova, o‘tinaman kechir!+ Yoqub qanday omon qoladi? Axir u nimjon-ku!”+ — deb aytdim.  Shunda Yahova fikridan qaytdi+. Yahova: “Bular sodir bo‘lmaydi”,— dedi.  Oliy Hukmdor Yahova vahiyda menga mana buni ko‘rsatdi: Oliy Hukmdor Yahova jazolash uchun olov yubordi. Bu olov chuqur ummonni va yurtning bir qismini yutib yubordi.  Keyin men: “Ey, Oliy Hukmdor Yahova, o‘tinaman bunga yo‘l qo‘yma+. Yoqub qanday omon qoladi? Axir u nimjon-ku!”+ — deb aytdim.  Shunda Yahova fikridan qaytdi+. “Bu ham sodir bo‘lmaydi”,— dedi Oliy Hukmdor Yahova.  U vahiyda menga mana buni ko‘rsatdi: Yahova shoqul* yordamida qurilgan devor ustida turardi va qo‘lida shoqul bor edi.  Yahova mendan: “Amos, nimani ko‘ryapsan?” — deb so‘radi. Men: “Shoqulni”,— dedim. So‘ng Yahova shunday dedi: “Men xalqim Isroilni shoqul bilan tekshiraman. Endi ularni avf etmayman+.  Is’hoqning+ tepaliklari kimsasiz qoladi, Isroilning muqaddas maskanlari vayron bo‘ladi+. Men Yorubom xonadoniga qarshi qilich bilan kelaman”+. 10  Baytil+ ruhoniysi Emoziyo Isroil shohi Yorubomga+ quyidagicha xabar yubordi: “Amos Isroilda sizga qarshi fitna uyushtiryapti+. Xalq uning so‘zlarini ko‘tara olmaydi+. 11  Amos: “Yorubom qilichdan o‘ladi, Isroil xalqi esa o‘z yurtidan albatta surgun qilinadi”+,— deyapti”. 12  Emoziyo Amosga bunday dedi: “Hoy, vahiylar aytib beruvchi, jo‘na, Yahudo yurtiga qoch, o‘sha yerda noningni topib, bashorat qilaver+. 13  Lekin Baytilda boshqa bashorat qilma+, bu yer shohning muqaddas maskani+ va shohlikning ibodatxonasidir”. 14  Amos Emoziyoga shunday javob berdi: “Men payg‘ambar ham, payg‘ambarning o‘g‘li ham emasdim. Men cho‘ponlik qilib+, shikamora-anjir daraxtlarini parvarishlardim*. 15  Biroq Yahova suruvni boqib yurganimda meni chaqirib oldi. Yahova menga: “Bor, xalqim Isroilga bashorat qil”+,— dedi. 16  Mana endi Yahovaning so‘zlarini tingla! Sen menga: “Isroilga qarshi bashorat qilma+, Is’hoq xonadoniga qarshi va’z qilma”+,— deyapsan. 17  Shuning uchun Yahova quyidagilarni aytmoqda: “Xotining shaharda fohishalik qiladi, o‘g‘il-qizlaring qilichdan halok bo‘ladi. Yeringni o‘lchov ipi bilan bo‘lib olishadi, o‘zing esa begona yurtda o‘lib ketasan. Isroil xalqi o‘z yurtidan albatta surgun qilinadi”+.

Izohlar

Ya’ni yanvar va fevral oylarida.
Tik (vertikal) holatni aniqlash uchun ishlatiladigan, bir uchiga tosh, metall yoki kesak bog‘langan ipdan iborat asbob.
Yoki «shikamora-anjirlarini tilib yurardim».