Amos 8:1-14

  • Yozgi mevalar solingan savat haqidagi bashorat (1-3)

  • Zolimlar qoralanmoqda (4-14)

    • Ma’naviy ochlik (11)

8  Oliy Hukmdor Yahova vahiyda menga mana buni ko‘rsatdi: yozgi mevalar solingan bir savat turgan edi.  Shunda U mendan: “Amos, nimani ko‘ryapsan?” — deb so‘radi. Men javoban: “Yozgi mevalar solingan savatni”,— dedim. Yahova esa menga: “Xalqim Isroilning kuni bitdi. Endi ularni kechirmayman”+,— deb aytdi.  Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda: “O‘sha kuni ma’badda* aytiladigan qo‘shiqlar yig‘iga aylanadi+. Har yerda jasadlar sochilib yotadi+. Sukut saqlansin!”   Tinglang, hoy, kambag‘alni oyog‘osti qilayotganlar,Yurtdagi kamtar* kishilarni yo‘q qilayotganlar+.   Sizlar bunday deysiz: “Qaniydi yangi oy shodiyonasi tugasa-yu+, g‘allamizni sotsak,Shabbat tezroq o‘tsa-yu+, donimizni bozorga olib borsak. Efa* idishlarini kichraytirardik,Shekel* og‘irligini oshirib,Tarozidan urib aldardik+.   Muhtojni kumush,Kambag‘alni bir juft sandal evaziga sotib olardik+,Donning chiqitini ham pullardik”.   Yoqubning faxri Yahova+ O‘zi haqqi qasam ichmoqda:“Ularning qilmishlarini aslo unutmayman+.   Shu bois yurt* larzaga keladi,Unda yashovchi har bir kishi motam tutadi+. Butun yurt Nil kabi ko‘tariladi,Misrdagi Nil daryosiday toshib qayta bosiladi”+.   Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda:“Shunday qilamanki, o‘sha kuni quyosh peshinda botadi,Kuppa-kunduzi yurtni zulmat qoplaydi+. 10  Bayramlaringizni azaga+,Qo‘shiqlaringizni motam qo‘shig‘iga aylantiraman. Hammaning beliga jul o‘rab, boshini kal qilaman.O‘shanda yolg‘iz o‘g‘li uchun aza tutgan odamday qayg‘uga botasizlar.Bu kunning yakuni naqadar achchiq bo‘ladi”. 11  Oliy Hukmdor Yahova bunday demoqda: “Shunday kun kelyaptiki,Yurtga ocharchilik yuboraman.Odamlar yeyish uchun nonga yoki ichish uchun suvga emas,Balki Yahovaning so‘zlarini tinglashga zor bo‘ladi+. 12  Ular u dengizdan bu dengizga,Shimoldan sharqqacha kezib yuradi. Yahovaning kalomini qidirib sarson bo‘ladi, ammo topa olmaydi. 13  O‘sha kuni go‘zal qizlar-uYigitlar tashnalikdan hushidan ketishadi. 14  Ular Samariyaning butlari+ haqqi qasam ichib:“Ey Dan+, xudoying tirikligi haqqi!” Hamda: “Bershevaga olib boruvchi yo‘l+ haqqi!” — deyishadi. Ular qulab, aslo o‘rnidan turishmaydi”+.

Izohlar

Yoki «muloyim, beozor».
Yoki «zamin».