Ayub 11:1-20

  • Zo‘far birinchi bor gapiradi (1-20)

    • Ayubni quruq gapirishda ayblaydi (2, 3)

    • Yomonlikni o‘zingdan soqit qil (14)

11  Namaxlik Zo‘far+ javob berib dedi:   «Bu so‘zlarning bari javobsiz qoladimi?Nima, odam ko‘p gapirsa haq bo‘lib chiqadimi?   Quruq gaplaring bilan odamlarning og‘zini yopa olarmiding? Masxaraomuz so‘zlaring uchun nahotki hech kim tanbeh bermasa?+   Masalan, sen: “Nimaiki aytgan bo‘lsam*, bari to‘g‘ri+,Xudoning nazarida pok insonman”+,— deyapsan.   Eh, qaniydi Xudo og‘iz juftlab,Sen bilan gaplashganda edi!+   U senga donolikning sirlarini oshkor etardi,Axir donolik* serqirradir. Tangri ayrim gunohlaring unutilishiga yo‘l qo‘yganini anglarding.   Xudoning teranliklarini oshkor eta olasanmi?Qodir Allohning ulug‘vorligi poyoniga yeta olasanmi?   Uning donoligi osmondan ham yuksakdir. Sen unga yeta olarmiding? U qabrdan* ham chuqurroqdir. U haqda nimani ham bila olarding?!   U yerdan ham uzunroq,Dengizdan ham kengroqdir. 10  Bordi-yu, Xudo o‘tib ketayotib, birortasini ushlab mahkamaga olib borsa,Kim ham Unga qarshilik ko‘rsata olardi? 11  Chunki U aldamchi odamlarni yaxshi biladi. U yovuzlikni ko‘rganda, nahotki bunga ahamiyat bermasa? 12  Lekin ahmoqga aql kirarmidi?Yovvoyi eshak inson bo‘lib tug‘ilgandagina kiradi. 13  Qaniydi qalbingni tayyorlab,Qo‘llaringni Xudo tomon uzatsang edi. 14  Yomonlikka qo‘l urgan bo‘lsang, uni o‘zingdan soqit qil,Adolatsizlikni chodiringga yo‘latma. 15  Shunda yuzing yorug‘ bo‘lib, boshingni tik ko‘tarasan,Qo‘rquvdan xoli bo‘lib, gavdangni rostlaysan. 16  Dard-alamlaringni unutasan,Ularni oldingdan oqib ketgan suv kabi esga ham olmaysan. 17  Hayoting tushki quyosh nuridan ham yorqinroq,Qorong‘ilik esa tong shu’lasiday nurli bo‘ladi. 18  Umiding bo‘lgani uchun kelajakka ishonch bilan boqasan,Tevarak-atrofga nazar tashlaysan-da, bamaylixotir uxlaysan. 19  Yotganingda ham hech kim seni dahshatga solmaydi,Chunki ko‘plar marhamatingni qozonishga intiladi. 20  Yovuzlarning ko‘zlari esa ko‘rmay qoladi,Ularning qochib boradigan joyi ham bo‘lmaydi,O‘lim ularning yolg‘iz umidiga aylanadi»+.

Izohlar

Yoki «mening ta’limotim».
Yoki «amaliy donolik».
Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atdagi «mozor» so‘ziga q.