Ayub 12:1-25

  • Ayub javob beradi (1-25)

    • «Sizlardan hech kam joyim yo‘q» (3)

    • «Do‘stlarim orasida masxara bo‘ldim» (4)

    • Donolik Xudodadir (13)

    • Alloh hakamlar-u shohlardan ustun (17, 18)

12  So‘ng Ayub javoban dedi:   «Sizlar chindan ham donishmand ekansizlar,Sizlar o‘lsangiz, donolik ham sizlar bilan birga o‘ladi!   Lekin men ham aql-idrokka egaman. Sizlardan hech kam joyim yo‘q. Bu aytganlaringizni kim bilmaydi, deysizlar?   Xudoga yolvorib, Undan javob kutganim bois+,Do‘stlarim orasida masxara bo‘ldim+. Ha, odil va benuqson kishi kulgiga qoldi.   Beg‘am kishi baxtsizlikka uchraganlarga nafrat bilan qaraydi.Oyog‘i qoqilib ketganlargina bunga duchor bo‘ladi, deb o‘ylaydi.   Qaroqchilarning chodirida tinchlik hukm suradi+,Allohning jahlini chiqaradiganlar bexavotir yashaydi+,Qo‘llarida xudolarini ko‘tarib yuradiganlar esa xavf-xatardan xoli umr kechiradi.   Biroq hayvonlardan so‘ra, ular senga o‘rgatadi,Samodagi qushlardan so‘rab ko‘r, ular senga aytib beradi.   Yerga nazar sol*, u senga ta’lim beradi,Dengizdagi baliqlar ham buni senga e’lon qiladi.   Bular Yahovaning qo‘li bilan yaratilganini,Ulardan qaysi biri bilmaydi? 10  Jamiki tirik jonning hamdaHar bir insonning hayot nafasi* Uning qo‘lidadir+. 11  Til yegulikning ta’mini sezgandek,Quloq ham so‘zlarni farqlay olmaydimi?+ 12  Hikmat yoshi ulug‘larda+,Aql-idrok esa uzoq umr kechirganlarda emasmi? 13  Donolik bilan kuch-qudrat+,Nasihat bilan aql-idrok Xudodadir+. 14  U biror narsani vayron qilsa, uni qayta tiklab bo‘lmaydi+,U yopgan narsani, hech kim ocha olmaydi. 15  Suvlarni to‘xtatib qo‘ysa, barcha narsa qurib qoladi+,Qo‘yib yuborganda esa, yer yuzini suv bosib ketadi+. 16  Qudrat bilan donolik Undadir+,Adashgan ham, adashtirgan ham Uning qo‘lidadir. 17  Maslahatchilarni U yalangoyoq qoldiradi,Hakamlarni esa ahmoq qiladi+. 18  Shohlar solgan kishanlarni yechib tashlaydi+,Bellarini arqon bilan bog‘laydi. 19  Ruhoniylarni yalangoyoq yurg‘izadi+,Hokimiyatga mustahkam o‘rnashganlarni esa qulatadi+. 20  Ishonchli maslahatchilarni tildan qoldiradi,Keksalarni* aqldan ozdiradi. 21  Asilzodalar ustiga nafrat yog‘diradi+,Kuchlilarni esa zaif qiladi. 22  Qorong‘ilikdagi yashirin narsalarni oshkor etadi+,Tim qorong‘ilikka nur taratadi. 23  Qirib tashlash uchun xalqlarni yuksaltiradi,Surgun qilish uchun xalqlarni ko‘paytiradi. 24  Xalq yo‘lboshchilarini aql-idrokdan mahrum etadi.Ularni so‘qmoqsiz dashtlarda sargardon qiladi+. 25  Ular yorug‘lik yo‘q bo‘lgan zimistonda paypaslab yuradi+,Xudo ularni mast kishiday gandiraklatib qo‘yadi+.

Izohlar

Boshqa variant «Yer bilan gaplashib ko‘r».
Yoki «ruhi».
Yoki «Oqsoqollarni».