Ayub 14:1-22

  • Ayub so‘zida davom etadi (1-22)

    • Odamning umri qisqa, g‘am-tashvishga to‘ladir (1)

    • «Hatto daraxtning ham umidi bor» (7)

    • «Eh, qaniydi meni mozorda yashirsang edi» (13)

    • «Agar odam o‘lsa, u yana yashay oladimi?» (14)

    • Xudo qo‘llari bilan yaratgan ijodini sog‘inadi (15)

14  Ayoldan tug‘ilgan insonningUmri qisqa+ va g‘am-tashvishga to‘ladir+.   U gul kabi ochiladi-yu, so‘ng qurib qoladi*+,Soya singari o‘tib ketadi va g‘oyib bo‘ladi+.   Sen unga ko‘z tikkansan,O‘zing bilan da’volashish uchun uni* mahkamaga olib borasan+.   Gunohkor inson begunohni dunyoga keltira oladimi?+ Aslo!   Uning kunlarini belgilab qo‘ygansan,Oylari Sening qo‘lingdadir,O‘tmasin deb, Sen unga chegara qo‘ygansan+.   Nigohingni undan burgin, shunda u orom oladi,Yollanma ishchi singari kuni yakun topadi+.   Hatto daraxtning ham umidi bor-ku. Chopib tashlansa ham, qaytadan ko‘karadi,Novdalari o‘saveradi.   Yer ostidagi ildizlari qarib qolsa-da,Tuproqdagi to‘nkasi quriy boshlasa-da,   Suvni sezishi bilanoq ko‘karadi,Nihol kabi novdalar chiqaradi. 10  Biroq odam o‘lganda, jonsiz yotadi,Nafasi uzilganda, u yo‘q bo‘lib ketadi*+. 11  Suv dengizdan bug‘lanadi,Daryo sayozlanib, qurib qoladi. 12  Odam yotadi-yu, qaytib turmaydi+. Osmon yo‘q bo‘lib ketmaguncha, ular uyg‘onmaydi,Hech kim ularni uyg‘ota olmaydi+. 13  Eh, qaniydi meni mozorda* yashirsang edi+,G‘azabdan tushguncha meni berkitib qo‘ysang edi,Menga vaqt belgilab, eslasang edi!+ 14  Agar odam o‘lsa, u yana yashay oladimi?+ Qullikda* yurgan vaqtim tugamaguncha,Ozod bo‘ladigan paytim kelmaguncha kutaman+. 15  Meni chaqirasan, men esa javob beraman+. Qo‘llaring bilan yaratgan ijodingni sog‘inasan. 16  Biroq hozir har bir qadamimni sanab yuribsan,Faqatgina gunohimni ko‘ryapsan. 17  Qilmishlarimni to‘rvaga muhrlab qo‘yding,Aybimni yelimlab qo‘yding. 18  Tog‘ qulab parchalanib ketadi,Qoya ham o‘z joyidan qo‘zg‘aladi, 19  Suv toshlarni yemiradi,Oqayotgan suv yerni yuvib ketadi,Sen esa o‘tkinchi insonning umidini yo‘qga chiqarasan. 20  Halok bo‘lmaguncha uni mag‘lub qilaverasan+,Uning qiyofasini o‘zgartirib, jo‘natib yuborasan. 21  Uning o‘g‘illari hurmatga sazovor bo‘lsa ham,Obro‘sini yo‘qotsa ham, u buni bilmaydi+. 22  U tirik bo‘lgandagina tanasi og‘riqni sezadi,U* hayot bo‘lgandagina aza tutadi».

Izohlar

Boshqa variant «kesib tashlanadi».
So‘zma-so‘z «meni».
So‘zma-so‘z «u qayerda bo‘ladi?»
Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atga q.
Ramziy ma’noda o‘limning quli bo‘lish nazarda tutilgan.
Yoki «Uning joni».