Ayub 17:1-16
17 Ruhim tushgan, kunlarim bitib boryapti,Qabr meni kutib turibdi+.
2 Mazaxchilar meni o‘rab olgan+,Ko‘zlarim ularning isyoniga qaratilgan.
3 Iltimos, mendan garovni qabul qilib, uni O‘zingda saqla.
Axir Sendan boshqa kim ham men bilan qo‘l tashlashib, men uchun kafillik qiladi?+
4 Sen fahm-idrokni ularning qalbidan yashirding+,Shu bois ularni yuksaltirmading.
5 Bolalarining ko‘zlari ochlikdan xiralashib borayotgan bir paytda,Bundaylar o‘z ulushini do‘stlari bilan bo‘lishadi.
6 Xudo xalqlar orasida meni masxara qildi+,Shuning uchun ular yuzimga tupurishdi+.
7 Og‘riqdan ko‘z oldim qorong‘ilashib boryapti+,Butun badanim qoq suyak bo‘lib qoldi.
8 To‘g‘ri odamlar bunga hayron bo‘lib qarashyapti,Xudosiz* inson dastidan aybsiz kishi xotirjamligini yo‘qotyapti.
9 Odil inson o‘z yo‘lida mahkam turibdi+,Qo‘llari pok odam kuchayib boryapti+.
10 Sizlar esa dalillar keltirib, menga yana hujum qilinglar,Chunki men orangizda dono insonni topmadim+.
11 Kunlarim oxirlab qoldi+,Rejalarim-u yurakdagi niyatlarim chilparchin bo‘ldi+.
12 Do‘stlarim: “Qorong‘ilik ketidan yorug‘lik keladi”,— deya,Tunni kunga almashtiradi.
13 Agar bir oz kutsam, mozor* mening uyim bo‘ladi+,To‘shagimni qorong‘ilikda yozaman+.
14 Men qabrga*+: “Sen mening otamsan!”
Qurtga: “Sen mening onam va opa-singlimsan!” — deb aytaman.
15 Xo‘sh, umidim qayerda qoldi?!+
Men uchun umid borligini kim ham ayta oladi?!
16 Barimiz tuproqga qo‘yilganimizda,Umidim ham men bilan birga go‘rga* tushadi»+.
Izohlar
^ Yoki «Murtad».
^ Yoki «chuqurlikka».
^ So‘zma-so‘z «darvozasi surma zulfinli go‘rga». Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atdagi «mozor» so‘ziga q.