Ayub 18:1-21

  • Bildad ikkinchi bor gapiradi (1-21)

    • Yovuz odamlarning oqibati (5-20)

    • Ayub xudobexabarlikda ayblanadi (21)

18  Shuvaxiy Bildad+ javoban shunday dedi:   «Bu gaplarning oxiri bormi o‘zi? Avval masalani anglab ol, keyin gaplashamiz.   Nega bizni hayvonday ko‘rib+,Ahmoqga* chiqaryapsan?   Jahl ustida o‘zingni tilka-pora qilsang-da,Seni deb yer bo‘m-bo‘sh qolarmidi?Yoki qoya o‘z joyidan qo‘zg‘alarmidi?   Yovuzning chirog‘i o‘chishi,O‘ti alanga olmasligi shubhasiz+.   Chodiridagi yorug‘lik zulmatga aylanadi,Ustidagi moychirog‘i esa o‘chib qoladi.   Uning shaxdam qadamlari qisqaradi,O‘z maslahati o‘zini qulatadi+.   Uni o‘z oyoqlari to‘rga ilintiradi,Aylanib kelib tuzoqga tushadi.   Qopqon tovonidan qisib qoladi,Tuzoq uni tutib oladi+. 10  U uchun yerda sirtmoq yashirilgan,Yo‘liga esa qopqon qo‘yilgan. 11  Har tarafidan dahshat qamrab olib+,Izma-iz uni ta’qib qiladi. 12  U madorsizlanib qoladi,Kulfat+ uni gandiraklatib qo‘yadi. 13  Bedavo dard terisini yeb,Qo‘l-oyoqlarini g‘ajib tashlaydi. 14  U bexatar chodiridan sug‘urib olinib+,Vahima podshohi* oldiga olib boriladi. 15  Chodirida begonalar yashaydi,Uyiga oltingugurt sepib tashlanadi+. 16  Daraxt singari ildizlari qurib,Novdalari qovjirab qoladi. 17  U haqdagi xotira yer yuzidan o‘chib ketadi,Ismi ham ko‘chada notanish bo‘ladi. 18  U yorug‘likdan zulmatga quvib solinadi,Unumdor yerdan haydab yuboriladi. 19  Xalqi orasida na zurriyoti, na avlodlari qoladi,Yashagan joyida* hech kim omon qolmaydi. 20  Uning halokat kunida, g‘arbdagi odamlar sarosimaga tushadi,Sharqdagilarni esa dahshat bosadi. 21  Zulmkorning chodiri shunday ahvolda qoladi,Xudobexabarning makoni shu ko‘yga tushadi».

Izohlar

Boshqa variant «Nopokka».
Yoki «Dahshatli o‘lim».
Yoki «Vaqtincha yashagan joyida».