Ayub 20:1-29

  • Zo‘far ikkinchi bor gapiradi (1-29)

    • Ayubning so‘zlaridan ranjiydi (2, 3)

    • Ayub yovuzlikda ayblanadi (5)

    • Ayub yomonlikdan lazzatlanishda ayblanadi (12, 13)

20  Namaxlik Zo‘far+ javob berib dedi:  «Bezovta qilayotgan fikrlarim meni javob qaytarishga undadi,Boisi, his-tuyg‘ularim junbishga keldi.   Aytgan ta’nalaring meni ranjitdi,Shunda ongim javob qaytarishga rag‘batlantirdi.   Senga aytmoqchi bo‘lgan narsalarni nahotki bilmasang?Axir odam* yaratilganidan beri+,   Yovuzlarning quvonch sadosi qisqa,Xudosizning* sevinchi esa bir lahzalik-ku+.   Garchi uning ulug‘vorligi osmongacha yuksalib,Boshi bulutlarga yetsa-da,   U o‘z najasiday qurib, toabad yo‘q bo‘lib ketadi,Uni ko‘rib yurganlar: “Qani u?” — deb so‘rashadi.   Tush kabi uchib ketadi, uni topa olishmaydi,Tungi ro‘yo singari yo‘qolib ketadi.   Uni ko‘rgan ko‘z ham,Yashagan joyi ham uni boshqa ko‘rmaydi+. 10  Bolalari kambag‘allardan marhamat izlaydi,Yiqqan boyligini o‘z qo‘llari bilan egalariga qaytarib beradi+. 11  Suyaklari yoshlik kuch-quvvatiga to‘la bo‘lsa-da,U kuch-quvvati bilan birga tuproqga yotadi. 12  Agar yomonlik og‘zida mazali tuyulib,Uni tilining tagiga solsa, 13  Tashlagisi kelmay lazzatlansa,Uni og‘zidan chiqarmasa, 14  Yegan ovqati ichida bijg‘ib,Oshqozonida kobraning zahriga* aylanadi. 15  U boylikni yutib yuborgan edi, ammo endi qayt qiladi,Xudo boylikni uning qornidan tashqariga chiqaradi. 16  U kobraning zahrini so‘radi,Qora ilon uni chaqib o‘ldiradi. 17  U hech qachon daryo suvini,Asal bilan sariyog‘ning oqib kelishini ko‘rmaydi. 18  Mol-mulkini yutmay turib qaytarib beradi,Savdo-sotiq qilib topgan boyligidan bahramand bo‘lmaydi+. 19  U kambag‘allarni ezib, ularni tashlab ketgan edi,O‘zi qurmagan uyni tortib olgan edi. 20  Ammo ichida tinchlik-xotirjamlik bo‘lmaydi,Boyligi uni qutqarmaydi. 21  Yutib yuboradigan hech vaqosi qolmadi,Shu bois, uning farovonligi uzoqga cho‘zilmaydi. 22  Farovonligi avj nuqtasiga yetganda, g‘am-tashvish uni yengadi,Balo-yu ofatlar boshiga tushadi. 23  U qornini to‘ydirib turgan bir paytda,Alloh otashin g‘azabini unga sochadi,Baxtsizliklarni yomg‘ir kabi ustiga yog‘diradi. 24  U temir qurollardan qochib qutulsa ham,Mis yoyning o‘qlari unga sanchiladi. 25  U o‘qni belidan tortib oladi,Yaltiroq kamon o‘qini o‘t pufagidan chiqaradi,Uni vahima bosadi+. 26  Xazinalari tim qorong‘ilikka uloqtiriladi,Hech kim yoqmagan olov uni yutib yuboradi,Chodirida qolgan har qanday odam falokatga uchraydi. 27  Osmon uning xatosini fosh etadi,Yer unga qarshi ko‘tariladi. 28  Xudoning qahr-g‘azab kunida uyini sel oqizib ketadi,Toshqin suvlar yuvib ketadi. 29  Yovuzning Allohdan oladigan ulushi,Xudo unga tayin etgan merosi shudir».

Izohlar

Yoki «insoniyat; Odamato».
Yoki «Murtadning».
Yoki «safrosiga».