Ayub 23:1-17

  • Ayub javob beradi (1-17)

    • Xudoning oldida o‘z masalasini aytishni istaydi (1-7)

    • Xudoni topa olmaganini aytadi (8, 9)

    • «Uning yo‘lidan og‘may yurishda davom etaman» (11)

23  Ayub javoban shunday dedi:   «Bugun ham qaysarlik ila shikoyat qilaman+,Nola qilganimdan madorim qolmadi.   Qaniydi Allohni qayerdan topishni bilganimda+, Uning turar joyiga borgan bo‘lardim+.   Uning huzurida arzimni aytib,Dalillarimni tayyorlab qo‘yardim.   Menga beradigan javoblarini o‘rganib chiqib,Aytganlarini inobatga olardim.   U buyuk qudratini ishga solib, men bilan bahslasharmidi?! Yo‘q, U menga albatta quloq tutgan bo‘lardi+.   To‘g‘ri kishi o‘z masalasini U bilan bevosita hal qila olardi.Men ham Hakamim tomonidan birato‘la oqlangan bo‘lardim.   Ammo sharqga borib, Uni topmadim,G‘arbga borib ham Uni topa olmadim.   Shimolda — U mehnat qilayotgan yerda ham Uni ko‘ra olmadim.So‘ng U janubga burildi, lekin baribir uni ko‘rmadim. 10  Biroq U yuradigan yo‘limni biladi+. U meni sinab ko‘rgach, men sof oltinday bo‘laman+. 11  Oyoqlarim Uning izidan ortda qolmaydi,Uning yo‘lidan og‘may yurishda davom etaman+. 12  Og‘zidan chiqqan amrlardan uzoqlashmayman. Aytganlarini xazinaday qo‘riqlab+, talab qilinganidan ham ortig‘ini ado etaman. 13  Agar U qaror chiqarsa, kim Unga qarshilik qila oladi?+ Ko‘ngli nimani istasa, shuni bajaradi+. 14  Menga nisbatan nimani niyat qilgan bo‘lsa, uni butunlay ado etadi,Uning bunday niyatlari hali ko‘p. 15  Mana shu bois, Uni deb tinchligim yo‘q,U haqda o‘ylaganimda, qo‘rquvim yanada ortadi. 16  Xudo meni yuraksiz qilib qo‘ydi,Qodir Tangri meni qo‘rqoq qilib qo‘ydi. 17  Yuzimni tim qorong‘ilik qoplagan bo‘lsa ham,Zulmat meni jim bo‘lishga majbur qila olmadi.

Izohlar