Ayub 24:1-25

  • Ayub so‘zida davom etadi (1-25)

    • «Nega Xudo hukm kunini belgilab qo‘ymadi?» (1)

    • Xudo yovuzlikka ko‘z yumyapti deydi (12)

    • Gunohkorlar qorong‘ilikni yaxshi ko‘radi (13-17)

24  Nega Qodir Xudo hukm kunini belgilab qo‘ymadi?+ Uni biladiganlar nega bu kunni ko‘rmaydi?   Shunday odamlar borki, chegara belgilarini suradi+,Ular birovlarning qo‘ylarini o‘g‘irlab, o‘z suruvlariga qo‘shib qo‘yadi.   Yetim bolalarning eshagini haydab ketadi,Bevaga bergan qarz evaziga uning buqasini garovga oladi+.   Ular kambag‘alni yo‘ldan itarib yuboradi,Nochor kishilar ulardan yashirinib yurishga majbur bo‘ladi+.   Qashshoq sahroda yovvoyi eshaklar singari yemish izlaydi+,Bolalari uchun dashtdan yegulik qidiradi.   Ular birovning dalasida hosil* yig‘adi,Yovuzning uzumzorida qolgan-qutganlarni teradi.   Ular kiyimsiz, yalang‘och holda tunni o‘tkazadi+,Sovuqda yopinish uchun hech narsalari bo‘lmaydi.   Tog‘da quygan jala dastidan ular ivib ketadi,Boshpanasi bo‘lmagani uchun qoyalarga yopishib oladi.   Yovuzlar yetim bolalarni onasining bag‘ridan yulib oladi+,Kambag‘alga bergan qarz evaziga uning kiyimlarini olib ketadi+. 10  Ularni kiyimsiz, yalang‘och holda yurishga,Ochiqqan holatda bug‘doy bog‘lamlarini ko‘tarishga majburlaydi. 11  Ular kunning issig‘ida qiyaliklarda — tosh devorlar orasida og‘ir ishlarni bajaradi*.Uzumsiqqichda uzum ezadi-yu, o‘zlari tashnalikdan azob tortadi+. 12  Shaharda o‘layotganlarning nolasi eshitiladi,Og‘ir jarohat olganlar yordam so‘rab yolvoradi+,Ammo Xudo buni noto‘g‘ri deb hisoblamaydi*. 13  Yovuzlar nurdan nafratlanganlar orasida bo‘ladi+,Nurning yo‘llarini tan olmaydi,Uning so‘qmoqlaridan yurmaydi. 14  Qotil tongda turadi,U nochor va kambag‘alni o‘ldiradi+,Tunda esa o‘g‘rilik qiladi. 15  Zinokorning ko‘zlari oqshomni kutadi+.U: «Meni hech kim ko‘rmasin!»+ — deya, Yuzini yopib oladi. 16  O‘g‘rilar qorong‘ida uylarning devorini teshib kiradi.Kunduzi ichkarida bekinib o‘tiradi. Ular nurdan qochadi+. 17  Ertalab ham ular uchun tim qorong‘ilik kabidir,Zulmat dahshatlarini ular yaxshi biladi. 18  Lekin suvlar ularni bir zumda oqizib ketadi. Yurtdagi ulushlari qarg‘ishga uchraydi+, Uzumzorlariga ular qaytib kelmaydi. 19  Jazirama va qurg‘oqchilik erigan qorni yo‘q qilganiday,Mozor* gunohkorlarni o‘z domiga tortib oladi!+ 20  Gunohkorni onasi unutadi, qurtlar uni maza qilib yeydi. U qayta esga olinmaydi+. Adolatsiz kishilar daraxt kabi sindirib tashlanadi. 21  Gunohkor kishi bepusht ayolni ovlaydi,Bevaga qo‘pol munosabatda bo‘ladi. 22  Xudo O‘z kuchini ishga solib, qudratli kishilarni yo‘q qiladi,Ular o‘rinlaridan tursa-da, umrlari davom etishiga ko‘zlari yetmaydi. 23  Ular o‘ziga ishonib, tinchlikda yashashiga Tangri yo‘l qo‘yadi+,Ammo barcha ishlarini U ko‘rib turadi+. 24  Ular qisqa muddatga yuksaladi-da, so‘ng g‘oyib bo‘ladi+. Ular pasaytirilib+, boshqalar qatori yulib tashlanadi,Don boshoqlari kabi o‘rib olinadi. 25  Men yolg‘onchi ekanimni kim isbotlay oladi?So‘zlarimni kim rad etadi?»

Izohlar

Boshqa variant «yem-xashak».
Boshqa variant «Ular zaytun moyini siqib oladi».
Boshqa variant «hech kimni yomon ko‘rib ayblamaydi».
Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atga q.