Ayub 29:1-25

  • Ayub baxtli kunlarini eslaydi (1-25)

    • Shahar darvozasi oldida hurmatli edi (7-10)

    • O‘tmishdagi adolatli ishlari (11-17)

    • Hamma uning maslahatlarini tinglardi (21-23)

29  Ayub gapida davom etib dedi:   «Qaniydi o‘tib ketgan oylarda bo‘lgani kabi,Tangri meni panohida asrab yurgan kunlardagidek bo‘lsa edi.   O‘sha paytlarda Uning chirog‘i boshim uzra nur sochardi,Uning yorug‘ligi ila zulmat ichra yurardim+.   Eng gullagan chog‘imda,Alloh do‘stligi uyimga baraka yog‘dirganda+,   Qodir Tangri men bilan bo‘lgan kezlarda,Farzandlarim* oldimda bo‘lganida,   Oyoqlarimni qaymoqda yuvgan paytlarda,Qoyalardan men uchun zaytun moyi ariq bo‘lib oqib kelardi+.   O‘sha paytlarda, shahar darvozasi oldiga+ chiqib yurardim,Shahar maydonida+ o‘z o‘rnimni egallardim.   Yoshlar meni ko‘rib yo‘l berardi,Hatto mo‘ysafidlar ham o‘rnidan turardi+.   Beklar gapirishdan o‘zini tiyardi.Qo‘llari bilan og‘izlarini bekitardi. 10  Obro‘li kishilarning ovozi tinib,Tillari tanglayiga yopishib qolardi. 11  Meni tinglagan inson meni yaxshi so‘zlar bilan tilga olardi,Ko‘rganlar esa men haqimda shohidlik berardi. 12  Chunki yordam so‘rab faryod qilgan kambag‘alni+,Yetim bolani-yu yordamchisi bo‘lmagan odamni qutqarardim+. 13  Men tashvishdan xalos etgan inson meni duo qilardi+.Bergan yordamim, bevalarning qalbini quvonchga to‘ldirardi+. 14  Odillikni kiyim kabi kiyardim.Adolatim kamzul va salla singari edi. 15  Ko‘r insonga ko‘z,Cho‘loqga oyoq bo‘lgandim. 16  Faqir odamlarga+ ota edim.Begona insonlarning arzini o‘rganib chiqardim+. 17  Jafokorlarning jag‘ini sindirib+,Tishidan o‘ljani tortib olardim. 18  Men shunday derdim: “Kunlarim qum zarralariday son-sanoqsiz bo‘ladi,O‘z uyimda hayotdan ko‘z yumaman+. 19  Ildizlarim suvlargacha yoyiladi,Shudring tuni bilan shoxlarimda turadi. 20  Obro‘yim aslo so‘nmaydi,Qo‘limdagi kamonim qayta-qayta otaveradi”. 21  Nima der ekan, deya odamlar menga quloq tutib,Maslahat berishimni jim turib kutardi+. 22  So‘zlab bo‘lganimdan keyin, qo‘shib qo‘yadigan hech qanday gaplari qolmasdi.So‘zlarim quloqlariga yoqimli bo‘lardi. 23  Ular yomg‘irni kutgandek meni kutardi.So‘zlarimni bahor yomg‘iriday ichardi+. 24  Ularga qarab jilmaysam, ular ko‘zlariga ishongisi kelmasdi.Yuzimdan nur yog‘ilib turgani ham ularni ishontira olmasdi*. 25  Ularning boshlig‘i kabi xalqga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatardim.Ularning qo‘shinlari orasida shoh singari+,Azadorlarni yupatuvchi inson kabi yashardim+.

Izohlar

Yoki «Xizmatkorlarim».
Boshqa variant «Yuzimning nurini so‘ndira olishmasdi».