Ayub 30:1-31

  • Ayub o‘zgargan vaziyatini tasvirlaydi (1-31)

    • Yaramas odamlar uning ustidan kuladi (1-15)

    • Xudo yordam bermayotganday tuyuladi (20, 21)

    • «Terim qorayib ketdi» (30)

30  Mendan ham yosh bo‘lgan kishilarUstimdan kulyapti+.Ularning otalariniSuruvimni qo‘riqlaydigan itlarga ham yaqin yo‘latmas edim.   Bilagida kuchi borligidan menga ne foyda? Ular kuchdan qolgan-ku.   Ular muhtojlik va ochlik dastidan ozib-to‘zib ketgan.Ular, allaqachon xarob va qarovsiz holga kelib,Qovjirab qolgan tuproqni kemiryapti.   Ular olabuta barglarini teradi.Butaning* ildizi ularga yemish bo‘ladi.   Ular jamiyatdan haydalgan+.Odamlar o‘g‘riga baqirganday ularga baqiradi.   Ular tog‘ yonbag‘irlaridagi jarliklarda,Yer va qoyalar ichidagi chuqurliklarda yashaydi.   Butalar oldida turib baqiradi.Qichitqi o‘tlar orasida g‘ujanak bo‘lib o‘tiradi.   Ular aqlsiz-u yaramas odamlarning o‘g‘illaridekYurtdan haydalgan.   Biroq endi ular qo‘shiqlar aytib ustimdan kulyapti+.Men masxara bo‘ldim+. 10  Ular jirkanib, mendan uzoqroq yuradi+.Yuzimga tupurishdan qo‘rqmaydi+. 11  Chunki Alloh meni qurolsizlantirib, zaif qilib qo‘ydi.Mening oldimda ular o‘zini jilovlay olmaydigan bo‘ldi. 12  Ular to‘planib kelib o‘ng tomonimdan menga hujum qiladi.Qochishimga yo‘l qo‘yib turib,Halok qilish uchun yo‘limga to‘siqlar ham qo‘yadi. 13  Ular yo‘llarimni buzib tashlab,Azobimga yana azob qo‘shadi+.Hech kim ularni to‘xtata olmaydi*. 14  Ular devordagi katta teshik orqali kirganday,Dovul ichida yetib keladi. 15  Meni qo‘rquv bosmoqda.Obro‘yim shamoldek uchib ketdi,Mol-davlatim bulut singari g‘oyib bo‘ldi. 16  Umrim qisqarib boryapti+.Boshimga qayg‘uli kunlar+ tushdi. 17  Tuni bilan suyaklarim sim-sim og‘rib chiqadi+.Zirqiroq og‘riq menga tinchlik bermaydi+. 18  Katta kuch ta’sirida kiyimim* xunuk bo‘lib ketdi*.Tor yoqa kabi meni bo‘g‘ib yotibdi. 19  Xudo meni loyga uloqtirib yubordi.Men tuproq va kulga aylandim. 20  Yordam so‘rab Senga iltijo qilsam, menga javob bermading+.Tik tursam, menga shunchaki qarab qo‘yding. 21  Shafqatsizlarcha menga qarshi chiqding+.Kuchga to‘la qo‘ling bilan menga hujum qilding. 22  Yel bilan meni ko‘tarib, uchirib yuborasan.So‘ng bo‘ron ichida meni u yoqdan bu yoqga otasan*. 23  Bilaman, Sen meni o‘limga duchor qilasan,Hamma boradigan uyga olib tushasan. 24  Biroq musibat paytida yordam so‘rab yolvorgan,Nochor ahvolda bo‘lgan odamga hech kim qo‘l ko‘tarmaydi-ku+. 25  Og‘ir damlarda yiqilgan odamlar uchun ko‘z yoshimni to‘kmaganmidim?! Men kambag‘allar uchun qayg‘urmaganmidim?!+ 26  Yaxshilikni umid qilgan edim, lekin yomonlik keldi.Yorug‘likni kutgan edim, ammo qorong‘ilik keldi. 27  Ichim qaynab, bezovtalanib ketyapman.Boshimga qayg‘uli kunlar tushdi. 28  Men zulmatda+, quyosh nuri tushmaydigan yerda yuraman. Jamoat ichra o‘rnimdan turib, yordam so‘rab yolvoraman. 29  Men chiyabo‘rilarning akasi,Tuyaqushlarning do‘sti bo‘ldim+. 30  Terim qorayib ko‘chib tushdi+.Suyaklarim issiqdan* yonyapti. 31  Arfamdan faqat qayg‘uli sadolar,Nayimdan esa yig‘i ovozi taraladi.

Izohlar

Sahro butasi. Ibr. retama.
Boshqa variant «Ular hech kimning yordamisiz bunga erishadi».
Bu yerda terisi haqida gapirgan bo‘lsa kerak.
Boshqa variant «Og‘ir dardim meni badbashara qilib qo‘ydi».
Boshqa variant «ezib yo‘q qilasan».
Boshqa variant «isitmadan».