Ayub 32:1-22

  • Elixu suhbatga qo‘shiladi (1-22)

    • Ayubga va do‘stlariga jahli chiqadi (2, 3)

    • Gapirishdan oldin hurmat ila kutadi (6, 7)

    • Donolik yoshi ulug‘likda emas (9)

    • Elixu gapirishga oshiqadi (18-20)

32  Shunda o‘sha uch kishi Ayubga javob qaytarmay qo‘yishdi, chunki u odil inson ekanida amin edi+.  Biroq Ram oilasidan bo‘lgan buzlik+ Boraxiyol o‘g‘li Elixuning qattiq jahli chiqdi. Ayub Allohdan ko‘ra o‘zining haq ekanini isbotlashga urinayotgani uchun, uning Ayubga g‘azabi qaynab ketdi+.  Ayubning uchala do‘stidan ham qattiq jahli chiqdi, chunki ular unga javob qaytara olmay, Xudoni yovuz qilib ko‘rsatishdi+.  Ularning yoshi ulug‘ bo‘lgani sababli, Elixu Ayubga javob berish uchun kutib o‘tirgan edi+.  Uchta do‘stining Ayubga beradigan javoblari qolmaganini ko‘rib, Elixuning g‘azabi alanga oldi.  Buzlik Boraxiyolning o‘g‘li Elixu gap boshlab, shunday dedi: «Men hali yoshman.Sizlar esa yoshi ulug‘ kishilarsiz+, Shu bois, hurmat yuzasidan o‘zimni tutib turib+,Bilganlarimni aytishga jur’at qilmadim.   Men: “Yoshi ulug‘lar gapirsin,Donolik haqida uzoq umr ko‘rganlar so‘zlasin”,— deb o‘yladim.   Ammo Xudo insonga beradigan muqaddas ruh,Qodir Tangrining nafasi ularga fahm-idrok ato etadi+.   Insonning donoligi yoshi ulug‘ligida emas,Nima to‘g‘ri ekanini nafaqat mo‘ysafid farqlay oladi+. 10  Shunday ekan: “Endi meni eshitinglar,Bilganlarimni sizlarga aytib beraman”,— dedim. 11  Men nima deyishingizni kutib turdim.Sinchkovlik bilan so‘z tanlab+,Muzokara yuritganingizga quloq tutdim+. 12  Men sizlarni diqqat bilan tingladim,Lekin birortangiz Ayubning nohaqligini isbotlay olmadingiz,Keltirgan dalillariga ham javob qaytara olmadingiz. 13  Shuning uchun: “Donolikni biz topdik.Ayubning nohaqligini inson emas, Alloh isbotlagan”,— demanglar. 14  Uning so‘zlari menga qarata aytilmagan.Shu bois, sizlar keltirgan dalillar bilan unga javob qaytarmayman. 15  Hammangiz sarosimaga tushib, javob berolmay qoldingiz.Aytadigan so‘zingiz qolmadi. 16  Kutib turdim, lekin gapingizni davom ettirmadingiz.Javob qaytarmay jim turdingiz. 17  Shunday ekan, men javob beraman.Men ham bilganlarimni aytaman. 18  Gaplarim ichimga sig‘may ketyapti,Xudoning muqaddas ruhi meni gapirishga majbur etyapti. 19  Ichim sharob quyilgan og‘zi yopiq meshga,Tars yorilay deb turgan yangi meshga o‘xshaydi+. 20  Endi ichimdagini to‘kib, bir yengil tortay! Og‘zimni ochib javob beray. 21  Hech kimga yuzxotirchilik qilib o‘tirmayman+.Biror kimsaga xushomad qilmayman. 22  Chunki xushomad qilishni men bilmayman.Aks holda, Yaratuvchim meni darhol yo‘q qilgan bo‘lardi.

Izohlar