Ayub 33:1-33

  • Elixu Ayubga tanbeh beradi (1-33)

    • To‘lov topildi (24)

    • Yoshlik chog‘idagi quvvati yana o‘ziga qaytadi (25)

33  Ey Ayub, endi mening so‘zlarimga quloq solib,Aytadigan hamma gaplarimni tinglang.   Iltimos, menga quloq tuting! Men gapiraman.Tilim gapirishga shaylandi.   So‘zlarim qalbim to‘g‘ri ekanini e’lon etadi+,Lablarim bilganlarimni sof niyatda aytib beradi.   Meni Xudoning muqaddas ruhi bunyod etdi+,Qodir Tangrining nafasi menga hayot baxsh etdi+.   Qo‘lingizdan kelsa, menga javob qaytaring.Dalillaringizni keltirib, o‘zingizni himoyalashga tayyor turing.   Mana, men ham Allohning nazarida siz kabi odamman.Men ham loydan yaratilganman+.   Shu bois, mendan qo‘rqishingizga hojat yo‘q,Sizga bosim ham o‘tkazmoqchi emasman.   Mana, men so‘zlaringizni eshitdim,Ha, aytganlaringizni tinglab o‘tirdim.   Siz shunday dedingiz: “Men pokman, begunohman+,Top-tozaman, menda hech qanday ayb yo‘q+. 10  Ammo Xudo menga qarshi chiqishga bahona topdi,Meni O‘z dushmaniday ko‘rdi+. 11  U meni jazolayapti*,Barcha yo‘llarimni sinchiklab kuzatib turibdi”+. 12  Lekin siz nohaq gapiryapsiz, shu bois men sizga javob beraman: Alloh o‘tkinchi insondan ulug‘roqdir+. 13  Shunday ekan, nega Unga qarshi shikoyat qilyapsiz?+ So‘zlaringizga javob qaytarmagani uchunmi?+ 14  Xudo qayta-qayta gapiryapti,Ammo Unga hech kim quloq solmayapti. 15  Odamlar qattiq uyquga ketib,To‘shaklarida uxlab yotganda,U tush orqali, tungi ro‘yo orqali gapiryapti+. 16  So‘ng Alloh ularning quloqlarini ochib+,O‘z nasihatlarini muhrlab qo‘yyapti. 17  Shu tariqa insonni yomon yo‘ldan qaytarib+,Uni mag‘rurlikdan himoyalayapti+. 18  Xudo uning jonini* go‘rdan* qutqaradi+,Hayotini qilichdan saqlaydi. 19  Odam to‘shagida azob chekishi,Suyaklari zirqirab og‘rishi orqali ham tuzatiladi. 20  Natijada butun vujudi nondan hazar qilib,Eng tansiq taomni ham rad etadi+. 21  Eti qurib, qaqshab,Ilgari ko‘rinmagan suyaklari chiqib qoladi. 22  Uning joni go‘r yoqasiga,Hayoti o‘lim keltiruvchilar oldiga kelib qoladi. 23  Agar odamga nima to‘g‘ri ekanini aytadigan,Minglar ichidan bitta himoyachi,Bir xabarchi* topilsa, 24  Shunda Xudo bu insonga iltifot ko‘rsatib:“Uni go‘rga tushishdan saqlab qol!+ Men to‘lov topdim!+ 25  Uning tanasi bolaligidan ham yoshroq* bo‘lsin+,Yoshlik chog‘idagi quvvati yana o‘ziga qaytsin”+,— deb aytadi. 26  U Allohga yolvorganida+, ibodati ijobat bo‘ladi,Uning yuzini ko‘rib, quvonchdan hayqiradi.Xudo o‘tkinchi inson uchun O‘z adolatini qayta o‘rnatadi. 27  Shunda u boshqalarga bunday deya jar soladi:“Men gunoh qilib+, adolatni buzgan edim,Lekin bunga loyiq jazoni olmadim*. 28  U to‘lov to‘lab, jonimni go‘rga tushishdan saqlab qoldi+,Endi men yorug‘likni ko‘raman”. 29  Ha, bularning barini qilgan Xudodir.U buni inson uchun ikki, hatto uch marta qildi. 30  Hayot unga o‘z nurini sochishi uchun,Uni go‘rdan qaytarib oldi+. 31  Ey Ayub, diqqat bilan meni eshiting! Jim turing, men gapimni davom ettirayin. 32  Aytadigan gapingiz bo‘lsa, javob bering. Gapiring, men odilligingizni isbotlamoqchiman. 33  Bordi-yu, gapingiz bo‘lmasa, unda meni tinglang.Sukut saqlang, men sizga donolikni o‘rgataman».

Izohlar

So‘zma-so‘z «Oyoqlarimni kundalab qo‘yyapti». Lug‘atdagi «kunda» so‘ziga q.
Yoki «hayotini».
Yoki «chuqurlikdan».
Yoki «farishta».
Yoki «sog‘lomroq».
Boshqa variant «Bu menga foyda keltirmadi».