Ayub 37:1-24
37 Bundan yuragim taka-puka bo‘lib,Qinidan chiqib ketayozdi.
2 Uning guldiragan ovoziga,Og‘zidan chiqqan momaqaldiroqga diqqat ila quloq soling.
3 Guldiragan ovozi butun falak ostida eshitiladi,Chaqmog‘ini yerning chetlariga qadar yuboradi+.
4 So‘ng guldiragan tovush eshitiladi,U ulug‘vor ovozi bilan gumburlagan sado chiqaradi+,Ovozi eshitilganda, chaqmog‘iga erk beradi.
5 Alloh O‘z momaqaldirog‘i bilan ajoyib gulduros tovush chiqaradi+,U aqlimizga sig‘maydigan buyuk ishlar qiladi+.
6 U qorga: “Yerga yog‘”+,— deydi.
Jalaga: “Sharros quy”+,— deb aytadi.
7 Xudo har bir o‘tkinchi insonga O‘z ishlarini ko‘rsatish uchun,Ularning barcha ishlarini to‘xtatib qo‘yadi.
8 Yovvoyi hayvonlar o‘z inlariga kirib,O‘sha yerda yashirinib yotadi.
9 Dovul o‘z xonasidan esadi+,Shimol shamollari bilan sovuq kirib keladi+.
10 Tangrining nafasidan muz hosil bo‘ladi+,Cheki yo‘q suvlar qattiq muzlab qoladi+.
11 U bulutlarni suv tomchilari bilan to‘ldiradi,Chaqmog‘ini bulutlar ichra yoyib yuboradi+.
12 Xudo qayerga yo‘naltirsa, ular o‘sha yerga suzadi,U yer yuzi uzra nimani amr etsa, ular shuni ado etadi+.
13 Alloh bulutlardan ham jazolash+, ham yerni sug‘orish,Ham mehr-sadoqatini namoyon etish uchun foydalanadi+.
14 Ey Ayub, bunga quloq soling,To‘xtab, Xudoning ajoyib ishlarini diqqat ila kuzating+.
15 Alloh bulutlarni qanday boshqarishini,Bulutlar orasidan chaqmog‘ini qanday chaqtirishini bilasizmi?
16 Bulutlar qanday suzib yurishidan xabardormisiz?+
Bular mukammal bilim Egasining ajoyib ishlaridir+.
17 Janub shamolidan yerga sukunat cho‘kkanda,Nega kiyimingiz isib ketishini bilasizmi?+
18 Metalldan yasalgan qattiq ko‘zguday qilib,Siz ham U kabi samoni yoya olasizmi?+
19 Gapiring, Unga nima deb aytaylik?Zulmatda qolganimiz uchun, javob bera olmayapmiz.
20 Aytar so‘zim borligi haqida Unga xabar berilishi kerakmi?
Yoki gaplarimni Unga yetkazadigan biror kimsa bormi?+
21 Shamol esib, osmonni bulutlardan tozalamaguncha,Garchi samoda quyosh charaqlab tursa-da,Ular nurni* ko‘ra olishmaydi.
22 Shimoldan oltinday porloq nur keladi,Allohning ulug‘vorligi+ hayratga soladi.
23 Qodir Tangrining fahm-idrokiga aqlimiz yetmaydi+,U buyuk kuch Egasi+,U doimo haq+ va adolatga to‘ladir+.
24 Shu bois, odamlar Undan qo‘rqishlari darkor+.
Zero, o‘zini dono hisoblaydiganlarga U iltifot ko‘rsatmaydi»+.
Izohlar
^ Ya’ni quyosh nurini.