Ayub 38:1-41

  • Yahova odamning ahamiyatsiz ekanini ko‘rsatadi (1-41)

    • «Yerga asos solganimda sen qayerda eding?» (4-6)

    • Tangrining o‘g‘illari hayqirib olqish aytadi (7)

    • Tabiat hodisalari (8-32)

    • «Osmon qonunlari» (33)

38  Keyin Yahova bo‘ron ichidan+ Ayubga shunday dedi:   «Bilimga ega bo‘lmay turib,Niyatimga soya solayotgan kim?+   Qani, erkakday belingni mahkam bog‘la,Men so‘rayman, sen javob berasan.   Aql-idrokliman deb o‘ylasang, aytgin-chi, Yerga asos solganimda sen qayerda eding?+   Yerning o‘lchamini kim belgilaganini,Kim o‘lchov ipini ko‘ndalangiga tortganini bilasanmi?   Uning poydevori nimaning ustiga solinganidan,Burchakka qo‘yiladigan negiz toshini kim o‘rnatganidan xabaring bormi?+   Tong yulduzlari+ birgalikda quvonchdan hayqirganda,Tangrining jamiki o‘g‘illari*+ hayqirib olqish aytganda, sen qayerda eding?   Bachadonni yorib chiqqandek jo‘sh urgan dengizniEshiklar bilan to‘sib qo‘ygan kim?+   Bulutlarni unga kiyim qilib kiydirganimda,Uni tim qorong‘ilikka burkaganimda, 10  Uning chegaralarini belgilaganimda,Eshiklari-yu surma zulfinlarini o‘rnatganimda+, 11  Unga: “Shu yergacha kelasan, bundan u yog‘iga o‘tmaysan,Jo‘shqin to‘lqinlaring to‘xtaydigan joy shu!”+ — deganimda sen qayerda eding? 12  Qachondir tongga buyruq berganmisan?Tong shafag‘iga o‘rnini ko‘rsatganmisan?+ 13  Yerning uchlaridan ushlab,Undan yovuzlarni silkitib tushirganmisan?+ 14  Yer muhr ostidagi loyday o‘zgarib,Ko‘rinishi kiyim bezaklariday tus oladi. 15  Ammo yovuzlar nurdan mahrum etiladi,Yuqoriga ko‘tarilgan qo‘llari sindiriladi. 16  Dengiz tubidagi buloqlarni ko‘rganmisan?Chuqur suvlarni tadqiq qilganmisan?+ 17  O‘lim darvozalarini+ topganmisan?Zulmat darvozalarini* ko‘rganmisan?+ 18  Yerning qanchalik katta ekanini anglab yetganmisan?+ Bularni bilsang, qani, Menga aytib bergin-chi! 19  Yorug‘likning turar joyiga olib boradigan yo‘lni+, Qorong‘ilik qayerda joylashganini bilasanmi? 20  Ularni o‘z joyiga olib borish uchun,Makoniga yetaklaydigan so‘qmoqlarni bilasanmi? 21  Sen allaqachon tug‘ilganing,Ko‘p yil yashaganing uchun bularni bilasanmi? 22  Qor saqlanadigan omborlarga kirganmisan?+Do‘l saqlanadigan omborlarni ko‘rganmisan?+ 23  Men ularni musibat vaqti uchun,Jang-u jadallar bo‘ladigan kun uchun asrab qo‘yganman+. 24  Yorug‘lik* qaysi tomondan taraladi?Sharq shamoli yer yuzida qaysi tarafdan esadi?+ 25  Kim suvlarga ariq o‘tkazib,Momaqaldiroqli bulut va bo‘ronning yo‘lini belgilagan?+ 26  Kim inson bolasi yashamaydigan yerlarga,Odam zoti yo‘q sahroga yomg‘ir yog‘dirgan?+ 27  Kimsasiz dashtlarni suvga to‘yintirib,O‘t-o‘lanlarni o‘stirgan kim?+ 28  Yomg‘irning otasi bormi?+Shabnamning otasi kim?+ 29  Muz kimning bachadonida hosil bo‘lgan?Osmondan tushadigan qirovni tuqqan kim?+ 30  Qachon suv sathi tosh bilan qoplanganday bo‘lib,Chuqur suvlar yuzasi muzga aylanadi?+ 31  Kima yulduzlar turkumining* arqonini bog‘lay olasanmi?Kesil yulduzlar turkumining*+ zanjirlarini yecha olasanmi? 32  Yulduzlar turkumini* o‘z mavsumida chiqarib,Ash yulduzlar turkumi* bilan o‘g‘illariga yetakchi bo‘la olasanmi? 33  Osmon qonunlarini bilasanmi?+Yerda ularning* hukmronligini o‘rnata olasanmi? 34  Ustingga jala quyishi uchun,Bulutlargacha ovozingni baland ko‘tara olasanmi?+ 35  Chaqmoqni chaqtira olasanmi? Ular: “Mana, biz shu yerdamiz!” — deb oldingga keladimi? 36  Kim bulutlarga* donolik bergan?+Kim samoviy hodisalarga* tushuncha ato etgan?+ 37  Bulutlarni sanashga kim yetarlicha donolikka ega?Falakdagi suv ko‘zalarini kim ag‘darib tashlay oladi?+ 38  O‘shanda tuproq balchiqga aylanadi,Kesaklar bir-biriga yopishadi. 39  Sherga yemish ovlab kelish qo‘lingdan keladimi?Yosh sherlarning qornini to‘ydira olasanmi?+ 40  Ular inlarida yotganida,O‘z uyalarida o‘ljalarini poylab o‘tirganida, ularni boqa olasanmi? 41  Qarg‘a yemish topa olmay kezib yurganida,Palaponlari qag‘illab Xudoga yolvorganida,Unga yemish hozirlaydigan kim?+

Izohlar

Ibroniycha ushbu ibora Xudoning farishtalariga nisbatan qo‘llaniladi.
Yoki «O‘lim soyasini».
Boshqa variant «Chaqmoq».
Buzoq yulduz turkumidagi Pleyada yulduzlari bo‘lishi mumkin.
Ehtimol, Orion yulduz turkumi.
So‘zma-so‘z «Mazzarot». 4Shh 23:5- oyatida ko‘plikda qo‘llanilgan so‘z burj turkumlarini bildiradi.
Ehtimol, Katta Ayiq yulduz turkumi.
Boshqa variant «Uning».
Boshqa variant «odamga».
Boshqa variant «aqlga».