Ayub 39:1-30

  • Inson hayvonot olamidan bexabar (1-30)

    • Tog‘ echkilari va bug‘u (1-4)

    • Yovvoyi eshak (5-8)

    • Yovvoyi buqa (9-12)

    • Tuyaqush (13-18)

    • Ot (19-25)

    • Lochin va burgut (26-30)

39  Tog‘ echkilarining tug‘adigan paytini bilasanmi?+ Bug‘u bolalayotganini hech kuzatganmisan?+   Ularning oy-kuni qachon to‘lishini hisoblay olasanmi? Bolalaydigan paytini bilasanmi?   Ular tug‘ayotganda cho‘kkalab oladi,So‘ng to‘lg‘oq azobi nihoyasiga yetadi.   Bolalari dalada katta bo‘lib, kuchga to‘ladi.So‘ng onalarini tark etib, qaytib kelmaydi.   Yovvoyi eshakni* kim erkinlikka qo‘yib yuborgan?+Uning arqonlarini yechib yuborgan kim?   Men dashtlarni unga uy,Sho‘r yerlarni makon qilib berganman.   U shahardagi shovqin-suron ustidan kuladi.Mol haydovchining baqir-chaqirini eshitmaydi.   Yaylov izlab tepaliklarda izg‘ib yuradi,Har qanday o‘t-o‘lanni axtaradi.   Yovvoyi buqa senga bo‘yin egadimi?+ Tunni molxonangda o‘tkazadimi? 10  Yovvoyi buqani arqon bilan omochga bog‘lay olasanmi?U yeringni haydab beradimi*? 11  Sen uning kuchiga ishonib,Og‘ir ishingni unga qildirasanmi? 12  Hosilingni olib kelishni,Xirmoningga yig‘ib berishni unga topshirasanmi? 13  Tuyaqush qanotlarini shodon qoqadi,Lekin patlari-yu qanotlarini laylakniki bilan solishtirib bo‘ladimi?+ 14  U tuxumlarini yerga tashlab ketadi,Ularni issiq qumda saqlaydi. 15  Biror kishi tuxumlarimni bosib yuboradi,Yoki yovvoyi hayvon ularni toptab tashlaydi, deb o‘ylamaydi. 16  O‘z bolalariga xuddi begonalarday shafqatsiz bo‘ladi+.Mehnati zoe ketishidan qo‘rqmaydi. 17  Xudo uni donolikdan mahrum etgan.Unga zig‘ircha ham aql-idrok ato etmagan. 18  Lekin qanot qoqib yuguradigan bo‘lsa,Ot bilan chavandozning ustidan kuladi. 19  Otga kuch-qudratni ato etgan senmisan?+ Uning bo‘ynini hilpiraydigan yol bilan qoplay olasanmi? 20  Uni chigirtka kabi sakraydigan qila olasanmi? Uning pishqirishi dahshatga soladi+. 21  Vodiyda tuyoqlari bilan yer tepinib+,Bor kuchi bilan jangga kirib boradi+. 22  U qo‘rquvning ustidan kuladi, hech nimadan qo‘rqmaydi+. Qilichni ko‘rib orqaga chekinmaydi. 23  Chavandozning o‘qdoni otga tegib taraqlaydi.Nayzalari yaltiraydi. 24  Burg‘u chalinganda joyida jim tura olmaydi*,Hovliqqancha oldinga otiladi. 25  Burg‘u chalinganda qattiq kishnaydi. Jang hidini uzoqdan sezadi.Qo‘mondonlarning baqirishini-yu jangovar hayqiriqni eshitadi+. 26  Lochin sening aql-idroking tufayliQanotlarini yoyib janubga uchadimi? 27  Burgut sening buyrug‘ing bilan yuqoriga uchadimi?+Sening amring bilan o‘z inini baland joyga quradimi?+ 28  U sening buyrug‘ing bilan tunni qoyada o‘tkazadimi?Qoyatoshda makon quradimi? 29  O‘sha yerdan turib u yemish qidiradi+.Ko‘zlarini olisga qaratadi. 30  Palaponlari qon ichadi. Murda qayerda bo‘lsa, u o‘sha yerda bo‘ladi»+.

Izohlar

Yoki «Qulonni».
Yoki «mola bosadimi».
Boshqa variant «ishonmaydi».