Ayub 40:1-24

  • Yahova Ayubga bergan boshqa savollar (1-24)

    • Ayubning aytadigan gapi qolmadi (3-5)

    • «Adolatimni shubha ostiga qo‘ymoqchimisan?» (8)

    • Begemotning kuchi (15-24)

40  Yahova gapirishda davom etib, Ayubga dedi:   «Inson Qodir Tangridan ayb izlab, U bilan da’volashishi kerakmi?+ Qani, Allohni qoralayotgan kishi javob bersin-chi?!»+   Ayub Yahovaga javoban dedi:   «Men hech narsaga arzimaydigan bir banda bo‘lsam+, Senga nima ham deb javob bera olardim? Qo‘lim bilan og‘zimni yopaman+.   Bir gapirdim, ikki gapirdim, endi esa javob qaytarmayman.Qo‘shimcha qiladigan hech qanday gapim yo‘q».   Shunda Yahova bo‘ron ichidan+ Ayubga quyidagicha dedi:   «Qani, erkakday belingni mahkam bog‘la,Men so‘rayman, sen javob berasan+.   Mening adolatimni shubha ostiga qo‘ymoqchimisan? O‘zingni oqlash maqsadida Meni ayblamoqchimisan?+   Qo‘llaring Allohning qo‘llariday qudratlimi?+U kabi momaqaldiroqga o‘xshash ovozda gapira olasanmi?+ 10  Ulug‘vorliging-u qudratingni bir ko‘rsat-chi!Obro‘ying-u buyukligingni namoyon qil-chi! 11  Otashin g‘azabingga erk berib,Kekkaygan kimsalarga nazar tashla va ularni pasaytir. 12  Manman kimsalarga qaragin-da, ularni tiyib qo‘y.Yovuzlarni turgan joyida bosib tashla. 13  Barchasini tuproqga yashirib,Ularni zulmatga bog‘lab qo‘y. 14  O‘ng qo‘ling seni qutqara olsa,Shunda Men ham senga tan beraman. 15  Seni yaratganimday, begemotni* ham Men yaratganman. U buqa singari o‘t yeydi. 16  Uning kuchi belida,Quvvati qorin mushaklarida ekaniga bir qara! 17  Dumi kedr daraxtiday qattiq.Sonlaridagi paylar qo‘shib o‘rilgan. 18  Suyaklari mis quvurday,Oyoqlari esa temir tayoqday. 19  U Xudoning yaratganlari ichida birinchilar qatorida turadi.Faqat Yaratuvchisi qilichi bilan unga yaqinlasha oladi. 20  Yovvoyi hayvonlar o‘ynab yuradigan tog‘lar,Unga yemish o‘stiradi. 21  U tikanli butalar tagiga,Botqoqlikdagi qamishlar orasiga bekinadi. 22  Tikanli butalar soyasi bilan uni to‘sib turadi. Vodiydagi terak daraxtlari uni o‘rab oladi. 23  Daryo suvlari to‘lib-toshib oqsa ham, u vahimaga tushmaydi. Iordan+ suvlari unga urilsa ham, u parvo qilmaydi. 24  Hushyor turganida kim uni tuta oladi?Kim uning burnidan ilgak o‘tkaza oladi?

Izohlar

Ehtimol, gippopotam.