Ayub 41:1-34

41  Timsohni*+ qarmoq bilan tuta olasanmi?Og‘zini arqon bilan bog‘lab qo‘ya olasanmi?   Burun teshiklaridan arqon o‘tkazib,Jag‘ini ilgak bilan tesha olasanmi?   Rahm ko‘rsatishingni so‘rab, u senga yolvoradimi?Yoki senga yumshoq gapiradimi?   Bir umrga quling bo‘lish uchun,U sen bilan ahdlashadimi?   Qush bilan o‘ynaganday, u bilan o‘ynay olasanmi?Yoki qizchalaringni ovuntirish uchun uni bog‘lab berasanmi?   Odamlar uni ayirboshlaydimi? Savdogarlar o‘zaro bo‘lishib oladimi?   Terisini garpunlar* bilan tesha olasanmi?+Boshiga baliq ovlaydigan nayzalarni sancha olasanmi?   Agar qo‘lingni unga tekkizadigan bo‘lsang,Olishuvni aslo unutmaysan, bunday qilishga boshqa jur’at etmaysan!   Uni bo‘ysundirish umidi puchga chiqadi. Ko‘rinishining o‘zi seni vahimaga soladi. 10  Uni joyidan qo‘zg‘atishga hech kimning jasorati yetmas ekan, Unda Mening oldimda kim tura oladi?+ 11  Kim Menga biror narsa beribdiki, Men unga qaytarishim kerak?+ Falak ostidagi jamiki narsa Menikidir+. 12  Uning kuch-qudrati-yu tanasining tuzilishi,Oyoqlari haqida indamay tura olmayman. 13  Ustki kiyimini yechib olish kimning qo‘lidan keladi? Kim uning og‘ziga yaqin kela oladi? 14  Kim og‘zini eshikni ochganday ocha oladi? Uning tishlari dahshatga soladi. 15  Usti bir-biriga zich joylashgan,Qator-qator qalqonlar bilan qoplangan*. 16  Ular bir-biriga shunchalik jips joylashganki,Hatto orasidan havo ham o‘tmaydi. 17  Ular bir-biriga taqalib,Yopishib turadi, ularni ajratib bo‘lmaydi. 18  U aksirganda o‘t chaqnaydi.Ko‘zlari tong shu’lasiday yonib turadi. 19  Og‘zidan chaqmoq chaqnaydi.Olov uchqunlari otilib chiqadi. 20  O‘choqda qamish kuydirilayotganday,Burnidan tutun burqib chiqadi. 21  Nafasi ko‘mirni yondiradi,Og‘zidan alanga otilib chiqadi. 22  Bo‘yni shu qadar baquvvatki,Oldida turganlarni qo‘rquv bosadi. 23  Terisining qavatlari bir-biriga mahkam birikkan,Ular quyma temirday qattiq va qo‘zg‘almasdir. 24  Uning yuragi toshday,Tegirmonning pastki toshiday qattiqdir. 25  U joyidan qo‘zg‘alsa, hatto kuchlilarning o‘takasi yoriladi.Uning qo‘rqinchli harakatlaridan esankirab qolishadi. 26  Qilich uni yenga olmaydi.Nayza-yu o‘qlar ham unga ta’sir qilmaydi+. 27  Temir u uchun xuddi somonday,Mis esa chirigan yog‘ochdaydir. 28  O‘q uni qochira olmaydi.Palaxmon toshlari u uchun poxoldaydir. 29  Gurziga xuddi somonday qaraydi.Nayzaning shuvullashidan kuladi. 30  Qorin qismi sopol bo‘lagining o‘tkir parchasiga o‘xshaydi.U xo‘ptir* yurgizilganday loyda o‘z izini qoldiradi+. 31  Chuqur suvlarni qozonday qaynatadi.Dengizni malham tayyorlanadigan qozonday biqirlatadi. 32  Ortidan yaltiroq iz qoldiradi. Buni ko‘rganlar chuqur suvlarning oq sochi bor ekan deb o‘ylaydi. 33  Yer yuzida unga o‘xshashi yo‘q.Bu mavjudot qo‘rquvni bilmaydigan qilib yaratilgan. 34  Har qanday mag‘rur hayvonga tik boqadi. U barcha haybatli yirtqich hayvonlarning shohidir!»

Izohlar

Ibr. leviatan. Lug‘atga q.
Nayzaga o‘xshash qurol, ehtimol, uchida qarmoqnikiday ilgagi bo‘lgan.
Boshqa variant «Qator-qator qalqonlar uning g‘ururidir».