Ayub 5:1-27

  • Elifaz gapini davom ettiradi (1-27)

    • «Xudo donishmandlarni o‘zlarining hiylasi orqali qo‘lga tushiradi» (13)

    • «Tangrining tarbiyasini rad etma» (17)

5  Qani, chaqirib ko‘rgin-chi! Biror kishi senga javob berarmikan? Muqaddas farishtalarning* qay biriga murojaat qilgan bo‘larding?   Qahr-g‘azab ahmoqni,Hasad aqlsizni nobud qiladi.   Men ahmoqning ildiz otayotganini,Ammo kutilmaganda turar joyi qarg‘ishga uchraganini ko‘rdim.   Uning o‘g‘illari xavfsizlikdan yiroqda,Ular shahar darvozasi+ oldida yakson qilindi, qutqaradigan kimsa bo‘lmadi.   U yiqqan hosilni och odam yeydi,Hatto tikanlar orasidan ham chiqarib oladi,Ularning mol-mulki esa o‘ljaga aylanadi.   Axir zararli narsalar tuproqdan unib chiqmaydi-ku,Kulfat ham yerdan o‘sib chiqmaydi-ku.   Uchqun yuqoriga sachragani kabi,Inson ham azob tortish uchun tug‘iladi.   Sening o‘rningda bo‘lganimda, Xudoga yolvorgan bo‘lardim,Arzimni Allohga aytgan bo‘lardim.   U aqlga sig‘maydigan, ulug‘ ishlar qiladi,Ajoyib ishlarining sanog‘iga yetib bo‘lmaydi. 10  U yer yuziga yomg‘ir yog‘dirib,Dalalarga suv beradi. 11  U bechorani yuksaltiradi,Jabr ko‘rgan kishini turg‘izib, najot baxsh etadi. 12  Makkorlarning fitnasini yo‘qga chiqaradi,Shunda ularning ishi yurishmay qoladi. 13  Donishmandlarni o‘zlarining hiylasi orqali qo‘lga tushiradi+,Zukkolarning rejalarini puchga chiqaradi. 14  Kunduzi ular qorong‘ilikka duch kelishadi,Kuppa-kunduzi ham tundagiday paypaslab yurishadi. 15  Odamlarni ularning qilichday jarohatlaydigan tillaridan saqlaydi,Faqirni kuchlining qo‘lidan qutqaradi. 16  Shu tariqa, U bechoraga umid beradi,Adolatsizlarning esa og‘zini yopadi. 17  Xudodan tanbeh olgan odam baxtlidir!Shu bois, Qodir Tangrining tarbiyasini rad etma. 18  Xudoning O‘zi yaralab, O‘zi yarani tuzatadi,O‘zi zarba berib, O‘z qo‘llari bilan davolaydi. 19  Oltita balodan U seni qutqaradi,Hatto yettinchisi ham senga zarar yetkazmaydi. 20  Ocharchilik davrida seni o‘limdan,Urush paytida qilichdan qutqarib qoladi. 21  Qamchiday savalaydigan tildan himoya qiladi+,Halokat kelganda dahshatga tushmaysan. 22  Vayronalik va ochlik ustidan kulasan,Yer yuzidagi yirtqich hayvonlardan ham qo‘rqmaysan. 23  Daladagi toshlar senga ziyon keltirmaydi,Yovvoyi hayvonlar ham sen bilan tinch-totuv yashaydi. 24  Chodiringda tinchlik hukm suradi,Chorvangni ko‘zdan kechirganda, birortasi ham yo‘qolmagan bo‘ladi. 25  Serfarzand bo‘lasan,Avlodlaring yerdagi o‘t-o‘lan kabi ko‘payadi. 26  O‘z mavsumida yig‘ib olingan bug‘doy bog‘lamlariday,Hali kuchdan qolmasdan qabrga qo‘yilasan. 27  Mana, biz bularni aniqladik va hammasi to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Quloq solib, ularni qabul qil».

Izohlar

So‘zma-so‘z «Muqaddas zotlarning».