Ayub 7:1-21

  • Ayub so‘zida davom etadi (1-21)

    • Hayot qiyinchiliklarga to‘la (1, 2)

    • «Nega meni nishonga olding?» (20)

7  Yerdagi o‘tkinchi insonning hayoti qiyinchiliklarga to‘la,Kunlari yollanma ishchining kunlariday emasmi?+   U soyani qo‘msagan qulga,Ish haqini kutgan yollanma ishchiga o‘xshaydi+.   Xuddi shunday menga ham mazmunsiz oylar,Hasratga to‘la tunlar nasib etdi+.   Yotayotganimda: “Qachon turar ekanman?”+ — deb o‘ylayman, Ammo tun cho‘zilib, tong yorishguncha bezovtalanib chiqaman.   Badanimni qurt bosib, ustimda balchiq qotdi+,Terimni qoraqo‘tir bilan yiring qopladi+.   Kunlarim bo‘zchining mokisidan ham tezroq o‘tyapti+,Hech qanday umidsiz yakun topyapti+.   Ey Tangrim, umrim shamolday ekanini+,Ko‘zlarim baxtni boshqa ko‘rmasligini yodga ol.   Meni ko‘rib turgan ko‘zlar, endi meni qayta ko‘rmaydi,Ko‘zlaring meni izlaydi-yu, lekin men yo‘q bo‘lib ketgan bo‘laman+.   Bulut tarqalib, g‘oyib bo‘lganiday,Mozorga* tushgan odam ham qaytib chiqmaydi+. 10  U uyiga qaytib kelmaydi,O‘zi yashagan joyidagi odamlar ham uni unutib yuboradi+. 11  Shunday ekan, og‘zimga erk beraman, Iztirob chekkanimdan gapiraman,Jonim azobda qolganidan shikoyat qilaman!+ 12  Nega ustimdan qo‘riqchi qo‘yding?Axir men dengizmanmi yoki dengiz maxluqimanmi?! 13  “To‘shagim menga tasalli bersin,Yotog‘im azoblarimni yengillatsin”,— desam, 14  Tushlar bilan meni qo‘rqitib,Vahiylar bilan dahshatga solding. 15  Shu bois, nafasim qisilib o‘lishni,Bu tanada yashagandan ko‘ra o‘limni afzal ko‘rdim+. 16  Hayotimdan nafratlanaman+, umrim davom etishini istamayman. Meni tark et, chunki kunlarim bir nafas kabidir+. 17  O‘tkinchi odam kim bo‘libdiki, u haqda g‘amxo‘rlik qilib,Unga O‘z e’tiboringni qaratasan?+ 18  Nega har tong uni tekshirib,Har lahzada uni sinaysan?+ 19  Nega mendan ko‘z uzmaysan,Meni bir dam yolg‘iz qoldirib, so‘lagimni yutishga ham imkon bermaysan?+ 20  Agar gunoh qilgan bo‘lsam, Senga qanday zarar keltirdim, ey, odamzodning Kuzatuvchisi?+ Nega meni nishonga olding? Senga og‘irligim tushayotganmidi? 21  Nega ayblarimni kechirib,Xatolarimni afv etmayapsan? Hademay men tuproqga qaytaman+,Shunda meni qidirasan, ammo men yo‘q bo‘lib ketgan bo‘laman».

Izohlar

Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atga q.